Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yangi vazifa yuklanadi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risida nizomning 11-bandi “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi–o‘n to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilishi mumkin:
“Quyidagilar bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sektorida yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rag‘batlantirish maqsadida ekinlarni joylashtirish va qayta ishlashning samarali infratuzilmasini yaratish;
mahsulotlarni yig‘ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, ichki va tashqi bozorga yetkazib berish borasida xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy agrologistika komplekslari va markazlari tizimini shakllantirish;
agrologistika komplekslari va markazlarini joylashtirish, qurish, ularni boshqarish bo‘yicha kompaniyalarni tashkil etish;
xususiy sektorni keng jalb qilgan holda agrologistika komplekslari va markazlarida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro talablar asosida, sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq sinovlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan laboratoriyalar, bojxona terminallari va boshqa xizmatlarni yo‘lga qo‘yish;
kooperatsiya ishtirokchilari, dehqon va fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar va qishloq xo‘jaligi birlashmalarini yaratilayotgan agrologistika komplekslari va markazlari faoliyatiga keng jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish;”.
Ma'lumot uchun, Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish sohasida o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini va turlarini ko‘paytirishga doir takliflar tayyorlaydi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash bo‘yicha joylardagi muammolarni o‘rganish va ularning bartaraf etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, xomashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy qayta ishlash, saqlash quvvatlarini yaratish va qayta ishlash jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;
qayta ishlash va saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirishga doir hamda qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum, go‘sht, sut, yog‘ va don mahsulotlariga bo‘lgan tashqi bozor talabini o‘rganib, tahlil qilish va qayta ishlangan mahsulotlar brendlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
tibbiy me'yorlariga ko‘ra qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va ta'minlanish darajasini o‘rganib boradi va takliflar tayyorlaydi;
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish va tizimli ravishda sotish, aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadida kooperatsiyalarni tashkil etish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatib boradi;
bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik, kartoshkachilik, pillachilik, ozuqa ekinlari, dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida fan va texnika yutuqlarini, resurslarni tejaydigan zamonaviy va intensiv agrotexnologiyalarni, ilg‘or tajribalarni joriy qiladi;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, yuqori hosil beradigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini turlari bo‘yicha hamda mevali, tok va tut ko‘chatlarini mahalliy hokimliklar bilan birgalikda joylashtiradi;
aholini oziq-ovqat mahsulotlarga bo‘lgan talabini o‘rganish va hududlarda mahsulotlarini saqlash omborxonalari va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish bo‘yicha takliflar, manzilli dasturini tayyorlaydi va ushbu yo‘nalishlarga xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
ichki va tashqi bozorlarda pilla mahsulotlarining raqobatbardoshligini, qayta ishlash korxonalarini barqaror va samarali ishlashini ta'minlash borasida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish tizimida zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish va yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha qiymat yaratishni yanada ko‘paytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025