O‘zbekiston | 08:31 / 04.09.2019
16325
7 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi uch tumanda joylashgan ayrim yer uchastkalari kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritiladi

Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik sanoat zonalarini kengaytirish va ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 fevraldagi PQ-2803-son “2017-2018 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2018 yil 6 martdagi PQ-3588-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qonliko‘l, Xo‘jayli va Shumanay tumanlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini va yer uchastkalarini ro‘yxat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda qayd etilgan kichik sanoat zonalari chegaralarini aniqlashtiradilar.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obektlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga belgilangan tartibda topshirish masalasi ko‘rib chiqilishini ta'minlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda belgilangan tartibda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xo‘jaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda kichik sanoat zonalari hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirilishini;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi kichik sanoat zonalari hududida o‘zlashtirish uchun taklif qilinayotgan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazilishini;

kichik sanoat zonalari hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub'yektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, kichik sanoat zonalari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi kichik sanoat zonalarida sanoat loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub'yektlariga ko‘maklashishni ta'minlaydilar.

2019-2020 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yangi kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarini amalga oshiradi.

Taxiatosh tumani kichik sanoat zonasi maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining:

xususiy mulk obektlari hisobidan shakllantirilgan 38,2 gektar yer maydonlarini kichik sanoat zonasi hududidan chiqarish;

zaxira yer maydonlari hisobidan berilgan 15,96 gektar bo‘sh turgan yer maydonlarini, shuningdek Energetika kasb-hunar kolleji joylashgan hududning bino-inshootlari mavjud bo‘lmagan yer maydonining 4,5 gektar qismini kichik sanoat zonasi hududidan chiqargan holda, Taxiatosh tumani hokimligi zaxirasiga qaytarish;

“Qusshylyk” MFY hududidagi 19,98 gektar bo‘sh turgan yer maydonini kichik sanoat zonasi hududidan chiqargan holda, uning negizida 2019-2022 yillarda “Taqiyatas tex” MChJ tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterini ishga tushirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qonliko‘l, Xo‘jayli va Shumanay tumanlarida kichik sanoat zonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularga istiqbolli loyihalarni jalb etish va oqilona joylashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlaydi va ijrosini ta'minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda Taxiatosh tumani kichik sanoat zonasi hududidagi Energetika kasb-hunar kollejining sobiq bino-inshootlariga sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalarini joylashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekengilsanoat” assotsiatsiyasi bilan birgalikda Taxiatosh tumani “Qusshylyk” MFY hududidagi 19,98 gektar bo‘sh turgan yer maydonida 2019-2022 yillarda “Taqiyatas tex” MChJ tomonidan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritiladigan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
RO‘YXATI

T/r

Kichik sanoat zonasi nomi

Kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritilayotgan

obektlarning nomi

Obekt joylashgan

manzil

Hududi

(ga)*

Bino-inshootlar

maydoni

(kv.m)**

1.

Shumanay tumani kichik sanoat zonasi

Sobiq paxta tozalash korxonasi

bino – inshootlari

Shumanay tumani Monshaqli OFY

3,9

2 625,5

2.

Qonliko‘l tumani kichik sanoat zonasi

Qonliko‘l Agroservis MTP bino - inshootlari

Qonliko‘l tumani “Qonliko‘l” OFY

1,3

203,8

3.

Xo‘jayli tumani kichik sanoat zonasi

“Qumbiz” MFY hududida bo‘sh turgan yer uchastkasi

Xo‘jayli tumani “Qumbiz” MFY

0,84

-

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid