Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda mudhish YTH: Lacetti beton to‘siqqa urildi, ikki kishi halok bo‘ldi
2019 yil 3 sentabr kuni soat 01:30larda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashagan 31 yoshli Sh.N. o‘z boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinani To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi “Pungon-Namangan” yo‘lining 69-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada haydovchi Sh.N. va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, “Obod” mahallasida yashagan 31 yoshli O.A. hamda “Movarounnahr” mahallasida yashovchi 27 yoshli B.N. jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchi Sh.N. va O.A. shu yerda vafot etganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:35
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026