Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Hurmuz bo‘g‘ozida xorij kemasini ushladi
Eron sohil qo‘riqlash xizmati Hurmuz bo‘g‘ozida bortida 12 nafar filippinlik bo‘lgan xorij kemasini ushladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, kemaning ushlanishiga ekipajning 280 ming litr yonilg‘ini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tishga urinishi sabab bo‘lgan.
Agentlikning qayd etishicha, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Bahraynda joylashgan Beshinchi floti bu vaziyat bo‘yicha hozircha izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, 19 iyulda Eron Britaniya bayrog‘i ostida suzayotgan Stena Impero tankerini ushlagandi.
Avgust boshlarida esa Fors ko‘rfazida neft kontrabandasida gumon qilingan Iroq kemasi ushlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026