Jahon | 14:31 / 08.09.2019
7413
1 daqiqa o‘qiladi

Eron: Yevropa yadroviy kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmadi

Foto: RT

Yadroviy kelishuvning yevropalik qatnashchilari o‘z majburiyatlarini bajara olmadi. Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Solihiy xalqaro atom energiyasi tashkiloti bosh direktori vazifasini bajaruvchi Kornel Ferutse bilan uchrashuvdan so‘ng aytdi.

"Afsuski, kelishuvning yevropalik qatnashchilari o‘z majburiyatlarini bajara olmadi", - deya iqtibos keltirmoqda Solihiyning so‘zlaridan IRIB teleradiokorporatsiyasi. Uning qo‘shimcha qilishicha, "yadroviy kelishuv bir tomonlama shartnoma emas va Eron kelishuvning boshqa qatnashchilari qadamiga mos holda harakat qiladi".

Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehron yadroviy kelishuv doirasidagi o‘z majburiyatlarini qisqartirishning uchinchi bosqichiga o‘tishini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat atom tadqiqotlari bo‘yicha cheklovlarga rioya qilishdan voz kechadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid