Hongkongdagi namoyishchilar AQSh bosh konsulxonasiga petitsiya taqdim etishdi
Hongkongda yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarda namoyishchilar AQSh madhiyasini kuylagan va shaharni Pekin nazoratidan ozod qilish so‘rab yozilgan plakatlar ko‘targan holda Amerika bosh konsulxonasiga kelishdi va diplomatlarga petitsiya taqdim etishdi.
Xabar qilinishicha, namoyish tinch o‘tgan, politsiya vaziyatni shunchaki kuzatib turgan.
Bir kun avvalgi namoyishlarda politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz bergan, bir necha kishi jarohatlanib kasalxonaga yotqizilgandi.
Hongkong ma'muriyati namoyishlarga sabab bo‘lgan ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishdan voz kechganligini ma'lum qilgan bo‘lsa-da, norozilik namoyishlari to‘xtamayapti.
Endilikda politsiyaning namoyishlarda qatnashganlarga kuch ishlatganligi bo‘yicha mustaqil tergov ishlari o‘tkazish va qo‘lga olingan barcha namoyishchilar qo‘yib yuborilishini talab qilishmoqda.
Mavzuga oid
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
17:05 / 30.07.2024
Qilichboz Parijdagi oltin uchun rekord bonusga ega bo‘ldi
14:47 / 11.06.2024