Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsay Lin: O‘zbekiston Xitoyga paxta yetkazib berish bo‘yicha oltinchi, gaz eksporti bo‘yicha sakkizinchi o‘rindagi hamkori
Xitoy O‘zbekistonning eng katta savdo hamkorlaridan biridir. O‘z navbatida, O‘zbekiston ham Xitoy uchun katta ahamiyatga ega. Mamlakat paxta yetkazib berish bo‘yicha Xitoyning 6-o‘rindagi resursi bo‘lsa, gaz eksporti bo‘yicha 8-yirik hamkoridir.
Bu haqda Butunxitoy Xalq vakillari yig‘ini moliyaviy-iqtisodiy qo‘mitasi a'zosi Tsay Lin «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyati» mavzuida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ma'lumot berdi.
«Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida 1992 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan bo‘lsa, 1996 yilda soliqqa oid hujjat imzolandi. 2011 yilda esa investitsiya himoyasi to‘g‘risida bitimga erishildi. Shubhasiz, bular davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishiga yordam beradi», deb ta'kidladi Tsay Lin.
Mavzuga oid
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026