Bugun, 10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi rahbar xodimlari iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari Sarvar Buzrukxonov, vazirlik boş boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov, boşqarma boşliği Maqsud Hamroyev, Axborot xizmati boş mutaxassisi Bahriddin Şayvaliyev hamda bir qator nufuzli oliy öquv yurtlari rektorlari iştirok etmoqda.
Matbuot anjumanida 2019-2020 öquv yili uçun oliy ta'lim muassasalarida tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymatining örnatilgani borasida ma'lumotlar taqdim etildi.
Vazir örinbosari Sarvar Buzrukxonov tomonidan ma'lum qilinişiça, qat'iylaştirilgan 400 ming sömlik stipendiya davlat budjeti asosida öqiydiganlar uçun ham, kontraktda öqiydiganlarga ham joriy etiladi.
«Yangi joriy qilingan stipendiyali va stipendiyasiz öqiş tizimi keç e'lon qilindi. Şunga qaramay, joriy yil sentabr oyidan bu tizm töliq işga tuşadi. Joylarda muammo bölmasligi kerak.
Qat'iylaştirilgan 400 ming sömlik stipendiya davlat budjeti asosida öqiydiganlar uçun ham, kontraktda öqiydiganlar uçun ham joriy etiladi», deya vazir örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«4» va «5» bahoga öqigan davlat budjeti asosidagi talabalar uçun davlat budjeti hisobidan 50 foizgaça rağbatlantiruvçi mablağ ajratiladi.
Kontrakt asosida öqiydigan talabalar «4» va «5» baholarga özlaştirgan taqdirda esa ularga Oliy ta'lim muassassida taşkil etiladigan fond hisobidan 50 foizgaça miqdorida rağbatlantiruvçi mablağ ajratiladi.
«Özlaştirişi yaxşi bölgan, ilmiy va jamoatçilik işlarida faol bölgan talabalarga stipendiyaning 50 foizigaça (200 ming sömgaça) miqdorda qöşimça rağbatlantiriş berilişi mumkin. Bunday qöşimça stipendiyani kimga berişni rektorlar hal qiladi. Bunday rağbatlantiriş mablağlari grantda öqiydiganlar uçun davlat budjetidan, kontraktda öqiydiganlar uçun esa OTMlarning har birida taşkil etiladigan fond hisobidan ajratiladi», deydi Sarvar Buzrukxonov.
Bu tizim 1, 2 va 3 kurs talabalarining barçasi uçun işlaydi. Bitiruvçi kurs talabalari eski stipendiya tizimida (ya'ni ular uçun avvalgidek «3», «4» va «5»lik stipendiya tartibi) öqişni davom etadi. Bitiruvçi kurslardagi tabaqalaştirilgan stipendiya tölovi saqlab qolinişi faqat davlat granti asosida öquvçi talabalar uçun amalda böladi.
















