Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya o‘ta katta yalpi o‘t ochish reaktiv tizimini sinovdan o‘tkazdi – OAV
Foto: KCNA
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 10 sentyabrda o‘ta katta yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi sinovida ishtirok etgan. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
“Kim Chen In 10 sentyabrda o‘ta katta yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi sinovida yana ishtirok etdi”, deyilgan xabarda.
Shimoliy Koreya yetakchisi o‘tkazilgan sinovlar reaktiv tizimni jangovar harakatlar olib bora olishi, trayektoriyasi xarakteristikalari, aniqligi va nishonga olishi usullari nuqtai nazaridan to‘liq tekshirishga imkon berganini aytgan. Biroq xabarda raketa pusklari muvaffaqiyatli kechgan-kechmagani aytilmagan.
Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasining ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya 10 sentabr ertalab noma'lum turdagi ikkita snaryad uchirgan, ular 330 km uchib o‘tgan. Ta'kidlanishicha, sharqiy tomon uchirilgan snaryadlar mamlakatning g‘arbida joylashgan Pxyonan-Namdo viloyatidan uchirilgan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu reaktiv tizim sinovlari 10 va 16 avgustda ham o‘tkazilgan. Undan kichik masofadagi raketalar uchirilgan.
Mavzuga oid
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
20:02 / 05.11.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga yana besh ming askar yubordi
10:18 / 22.10.2025
Shimoliy Koreya sharq tomon bir nechta ballistik raketalarni uchirdi
15:45 / 22.09.2025