Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Özbekipaksanoat” uyuşmasi raisining qayta işlaş, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etiş masalalari böyiça örinbosari tasdiqlandi.

Boş vazir Abdulla Aripov tomonidan 2019 yil 15 sentabr kuni imzolangan hujjatga köra, Miryaşin Mirhosiloviç Sagatov “Özbekipaksanoat” uyuşmasi raisining qayta işlaş, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etiş masalalari böyiça örinbosari etib tasdiqlandi.

Şu munosabat bilan, bundan avval uşbu lavozimda işlab kelgan A'zam Abdurazzoqoviç Abdullayev vazifasidan ozod etildi.

Ma'lumot uçun: Miryaşin Sagatov “Özbekipaksanoat” uyuşmasi Pillani qayta işlaş va ipak matolar töqiş boşqarmasi boşliği bölib işlagan.  

“Özbekipaksanoat” uyuşmasi Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 29 martdagi “Özbekipaksanoat” uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2856-sonli qarori bilan taşkil etilgan.

Qarorga köra Uyuşmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) ozuqa bazasini takomillaştiriş böyiça:

tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlaş, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytiriş maqsadida suğoriladigan yer maydonlari ajratiş böyiça tegişli davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan özaro samarali hamkorlikni ta'minlaş;

ipak qurti parvariş qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamçi faoliyatni amalga oşiriş hisobiga qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni yölga qöyiş, ularni içki va taşqi bozorlarda sotiş;

b) ipak qurti uruği va pilla yetiştiriş, tayyorlaş va birlamçi qayta işlaş böyiça:

Uyuşma tarkibiga kiruvçi taşkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratiş, parvariş qiliş va sifatli uruğ işlab çiqarişni yölga qöyişda kömaklaşiş;

respublika hududlari böyiça pilla yetiştirişning prognoz hajmlarini belgilaş, pilla tayyorlaş va qayta işlaş taşkilotlari böyiça pilla yetiştiriş uçun buyurtmalarni joylaştiriş;

sifatli pilla yetiştiriş va tayyorlaş, uni dastlabki qayta işlaş, xom ipak va ipak kalava işlab çiqariş böyiça yangi quvvatlarni taşkil etiş va mavjudlarini modernizatsiya qilişni taşkil etiş;

v) pillani çuqur qayta işlaşni taşkil etiş böyiça: