Özbekistonda mart oyida pillaçilik tarmoğiga bağişlangan investitsion forum ötkaziladi.

«Forumni mart oyida, Navröz umumxalq bayrami arafasida ötkazişni möljallayapmiz. Unga pillaçilik, ipakçilik, moda industriyasiga aloqasi bölgan 40dan ortiq davlatlarning mutaxassislarini  taklif qilganmiz. Bu böyiça iş olib boryapmiz», dedi «Özbekipaksanoat» uyuşmasi rais örinbosari Olimjon Jumayev 7 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida .

Matbuot anjumanida «Özbekipaksanoat» uyuşmasi rais örinbosari ipakçilik sohasida Özbekistonning tutgan örniga oid statistik ma'lumotlarni ham keltirdi. 

«Bugungi kunda pilla yetiştiriş böyiça Özbekiston Xitoy va Hindistondan keyin 3-örinda turadi. Yetiştirilgan pilla xomaşyosining aholi jon boşiga töğri kelişi böyiça 1-örinda turadi», dedi u.

Berilgan ma'lumotlarga köra, «Afghan Bazar Carpets» GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda Özbekiston hududlarida sifatli ipakli gilamlarni işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişilgan. Ruminiya va Yaponiya institutlari bilan Ipakçilik ilmiy-tadqiqot instituti örtasida tajriba almaşiş hamda qöşma loyihalar asosida tadqiqotlar olib boriş belgilab olingan.

2019 yilda pillaçilik va ipakçilik sohalarida Ozarboyjon Respublikasi bilan ham hamkorlik aloqalari örnatilgan.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi sohasidagi taşkiloti (FAO) bilan bir yillik 120 ming dollarga teng loyiha amalga oşirilmoqda.