Bahrom Şaripov Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasi raisi lavozimidan ozod etildi. ÖzA xabariga köra, uning iste’fosi «boşqa işga ötayotgani» bilan boğliq.

Bahrom Qurbonoviç Şaripov1974 yilda Surxondaryo viloyati, Şerobod tumanida tuğilgan. 1996 yili Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (kunduzgi şakl), 2004 yil Termiz davlat universiteti (sirtqi)ni tamomlagan.

U Termiz şahar va Surxondaryo viloyati «Kamolot» jamğarmasida turli lavozimlarda, şuningdek, viloyati hokimi yordamçisi, Surxondaryo sanoat, quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş kombinati kotibiyat mudiri — Surxondaryo viloyati «Avtotexizmat» AJ raisi hamda bir qator xususiy kompaniyalar boş direktori lavozimida faoliyat yuritgan. «Özbekipaksanoat» uyuşmasi boşqaruvi raisi lavozimida işlagan. 

2020 yil sentabrida Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi raisi lavozimini egallagandi.

Uşbu mulozim 2023 yil iyunida Kun.uz naşrini sudga bergandi, biroq köp ötmay da’vosini qaytarib olgandi.

Uning da’vosiga jurnalist Şokir Şaripovning «Davlat amaldorining ‘ipakdan töqilgan’ biznes töri. Soha şaxsiy tomorqaga aylantirilganmi?» sarlavhali suriştiruvi sabab bölgandi. Unda yaqin vaqtlargaça qömita bilan birga «Özipaksanoat»ni ham boşqarib kelgan Bahrom Şaripov öziga aloqador köplab kompaniyalar orqali ipak sanoatida şaxsiy biznesni yuritayotgani aytilgan. Maqolada Bahrom Şaripovning biznes tuzilmalari asosini uning turmuş örtoği hisoblangan Sayyora Şaripova nomiga oçilgan firmalar taşkil qilişi qayd etilgandi.