Sanoat elektron portali ishga tushiriladi – Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Bugun, 18 sentabr kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligi binosida Moliya vazirligi, bojxona qo‘mitasi, statistika qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi vakillari bilan anjuman o‘tkazildi. Unda eksportbop, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, mustahkam sanoat tizimini yaratish va boshqa masalalar ijrosi qanday amalga oshirilishi yuzasidan mulohazalar bildirildi. Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari O‘ktamjon Karimov ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o‘rtasida aloqaning sustligini ta'kidlab o‘tdi va buni hal qilish uchun vazirlik tomonidan qilinadigan harakatlar haqida ma'lumot berdi.

“O‘zbekistonda iste'molchi va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mustahkam aloqa tizimi yo‘q. Buni o‘zgartirish uchun nima qilmoqchimiz? Yechimini topdik: cooperation.uz sanoat elektron portali ishga tushiriladi. Mamlakatda 610 ta yirik va 64 mingdan ziyod kichik sanoat korxonalari bor. Ular qanday turdagi mahsulot ishlab chiqarishi, eksport, import hajmi – hammasi haqidagi ma'lumotlar portalga joylashtiriladi. Jarayonni 2 bosqichda amalga oshiramiz. Birinchisida davlat ulushi bo‘lgan sanoat korxonalari haqida ma'lumotlar beriladi. Ikkinchi bosqichda esa xususiy korxonalar ham qamrab olinadi. Portalga a'zo bo‘lish bepul va u 24/7 rejimida ishlaydi. Eng katta yutuq ma'lumotlar ochiq taqdim etilishidir. Istagan foydalanuvchi portalga kirib O‘zbekistonga qanday turdagi mahsulot qancha miqdorda import yoki eksport qilinayotgani haqida bilishi mumkin”.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

21:30 / 09.10.2019
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida YeOIIga a'zolik haqida ikki marta tilga olingan

18:02 / 08.10.2019
Paxtaobod tumaniga Jahon banki investitsiya kiritadi

17:50 / 08.10.2019
Chortoq O‘zbekistonning eko-shahriga aylantiriladi

21:35 / 02.10.2019