Bugun, 8 oktabr kuni, Iqtisodiyot va sanoat vazirligida Jahon banki ekspertlari va vazirlik vakillari bilan birgalikda «Obod qişloq» loyihasini amalga oşiriş böyiça konferensiya bölib ötdi. Uşbu loyihaga respublikaning 400dan ortiq qişloqlari kiritilgan bölib, ularning orasida Andijon viloyati Paxtaobod tumani Sohil qişloği ham kiritilgan.
Farğona viloyati «Taraqqiyot» aholini turmuş tarzini rivojlantiriş markazi vakili Şamşod Yunusov loyiha haqida batafsil ma'lumot berdi.
«Joriy yilning iyun oyidan beri Jahon banki hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan hamkorlikda yirik loyihada iştirok etişni boşladik. Loyihaning bir qismi sifatida Paxtaobod tumani Sohil qişloği tanlab olindi. Bunda hududning oğir şaroiti hisobga olindi. Ahamiyatli jihati şundaki, qişloq infratuzilmasini rivojlantirişda aholi fikrini töliq qamrab olişga harakat qilindi, ya'ni bunda ularning muammolari tinglandi. Kuzatuvlarimizga köra, Sohil qişloğida suv, elektr ta'minotida kamçiliklar, içki yöllar ta'mirlanişi, qöşimça maktab qurilişi zaruriyati kabi holatlar aniqlandi. 2020 yildan boşlab loyihaga start beriladi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şu kabi yana qator qişloqlarni rivojlantiriş jarayoni 2024 yilgaça davom ettirilişi rejalaştirilgan. Bu vaqt davomida uşbu oğir şaroitli hududlarning suv ta'minoti va kanalizatsiya, yöl qurilişi, ijtimoiy obektlar qurilişi kabilar amalga oşiriladi.








