Bugun, 8 oktabr kuni, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi binosida Jahon Banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va vazirlik vakillari iştirokida «Infratuzilmani rivojlantiriş loyihalarini amalga oşirişdagi yangiça yondaşuvlar» mavzusida konferensiya ötkazildi.

Anjumanda moliyaviy instuitutlar tomonidan ajratiladigan mablağ evaziga qişloq hududlari infratuzilmasini yaxşilaş va aholi yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga qaratilgan loyihalar taqdimoti bölib ötdi. Uşbu loyihalar «Obod qişloq» dasturi doirasida 2020 yildan boşlab Jahon banki va mahalliy hukumat mablağlari asosida respublikaning yaşaş şaroiti oğir qişloqlariga tatbiq qilinadi. Vazirlik qoşida taşkil etilgan «Obod qişloq» loyihasi guruhi direktori Zafar Öroqov loyiha qay tartibda amalga oşirilişi va unga sarflanadigan xarajatlar böyiça axborot berdi.

Foto: Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

«Loyiha respublikasning 400dan ortiq qişloqlarini qamrab olgan. Bu hududlar Farğona, Namangan, Andijon, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida joylaşgan. Sizlarga Kogon, Çortoq va Yangiyöl şaharlari infratuzilmasini yaxşilaşga qaratilgan loyiha haqida ma'lumot taqdim etamiz. Nima uçun aynan bu şaharlar tanlangan? Çunki ularning har biri öziga xos imkoniyatlarga ega. Masalan, Çortoq şahri şifobaxş mineral suvi bilan maşhur. Bu yerda maxsus eko yölak qurmoqçimiz. Uşbu yölak böylab sanatoriya taşkil qilinadi, salkam 60 kilometrli suv ta'minoti tizimi yaxşilanadi, 10 kilometr uzunlikdagi velosiped va piyodalar yölakçasi, şuningdek, köprik quriladi. Buxoroning Kogon şahrida esa tarixiy obidalar tiklanadi, Buxoro-Kogon avtobus yönalişi ta'mirlanadi. Yangiyöl şahrida suv ta'minoti yaxşilanişi közda tutilmoqda», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Fayozovning qöşimça qilişiça, uşbu loyihaga qariyb 125 mln AQŞ dollari ajratilişi közda tutilgan bölib, uning 100 million dollari xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari tomonidan yönaltiriladi.