Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Qozog‘iston tashqi ishlar vaziriga maktub yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Muxtar Tleuberdini Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda TIV xabarida aytilgan.
«O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida kuzatilayotgan do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining faol rivoji, o‘zaro ishonch, hurmat va qo‘llab-quvvatlashning sifat jihatdan yangi muhitini ulkan mamnuniyat bilan qayd etaman, - deyiladi maktubda. – Aminmanki, umumiy sa'y-harakatlarimiz bilan tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sherikchiligini izchil kengaytirishga qulay sharoit yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz».
O‘zbekiston TIV rahbari Muxtar Tleuberdiga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va mas'uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyat, birodar qozoq xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tilagan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025