Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Jalolov jahon chempionatida nokautga uchratgan raqibini ko‘rgani bordi (video)
Ringdan zambilda olib chiqilgan AQShlik bokschi kasalxonaga olib ketilgan edi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Bahodir Jalolov Yekaterinburgda o‘tayotgan jahon chempionatining chorak finalidagi raqibi – amerikalik Richard Torresning holidan xabar olgani bordi.
Chorshanba kungi jangda Jalolov Torresni ilk raunddayoq nokautga uchratgan, ringdan zambilda olib chiqilgan AQShlik bokschi kasalxonaga olib ketilgan edi.
«Bizning raqibligimiz faqat ringda. Hayotda biz aka-ukamiz, bir maqsad sari yo‘lda do‘stmiz.
Allohga shukur, sog‘lig‘i joyida», – deb izoh yozib qoldirdi Jalolov Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:45da final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Maksim Babaninga qarshi ringga chiqadi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
18:18 / 10.05.2026
Bahodir Jalolov Angliyadagi boks oqshomida raqibini texnik nokaut bilan yengdi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026