Urgut tumanida yil boshidan beri 78 ta oilaviy bog‘cha ishga tushdi
Urgut tumanida 123 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda 8800 nafardan ortiq bola tarbiyalanadi.
“Bugun tumanimizda oilaviy bog‘cha ochish istagini bildirayotgan tadbirkorlar talaygina, bundan tashqari tumandagi 6 yoshli bolalarni tuman xalq ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda 4500 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olishni rejalashtirganmiz. Bu bilan albatta qamrovimiz yana 10 foizga oshadi”, – deydi Urgut tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri Hilola Boboyeva.
Yil boshida Urgutda 86 ta oilaviy bog‘cha ochish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugun ular soni 78 tani tashkil etmoqda. Shu orqali mazkur muassasalarda 156 ta ish o‘rni ham yaratildi. Yil yakunigacha yangi maktabgacha tarbiya muassasalari sonini 100 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Mustaqillikning 28 yillik bayrami arafasida esa 28 ta oilaviy bog‘cha ish faoliyatini boshladi. Ularga 700 nafar bola qamrab olindi. Ularning aksariyati tumanning eng chekka maktabgacha ta'lim muassasasi bo‘lmagan hududlarda ochildi.
Umuman olganda maqsadimiz faqat qamrovni oshirish emas, balki yosh avlodning aqliy, jismoniy salohiyatini oshirib borish ham biz uchun muhim. Buning uchun esa alohida rejalarimiz bor. Masalan, bolaning aqliy salohiyatini oshirib borishda tarbiyachilarning malakasi yuqori bo‘lishi lozim. Shu maqsadda tarbiyachilar ishtirokida ham turli o‘quv seminarlar o‘tkazib boriladi.
Bundan tashqari, me'yoriy hujjatlar bo‘yicha o‘quv amaliy seminarlar ham doimiy ravishda reja asosida o‘tkazilib kelinmoqda.
Yuqorida aytilgan maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tili, rus tili, musiqa va boshqa yo‘nalishdagi to‘garaklar ham tashkil etilgan.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:06 / 19.09.2024
“Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘idagi noqonuniy yo‘l: prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atdi
19:00 / 13.09.2024
Urgutda tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi
10:59 / 21.08.2024
Turmush o‘rtog‘ini o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazgan yana bir erkak 9 yilga qamaldi
09:42 / 09.07.2024