Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston politsiyasining sobiq rahbari o‘lik holda topildi
Armanistonda sobiq politsiya boshlig‘i, general-polkovnik Ayk Arutyunyan o‘lik holda topildi. Bu haqda Aysor Tergov qo‘mitasining Kotay viloyati bo‘yicha boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Mahkama xabar berishicha, Arutyunyanning jasadi boshiga o‘q uzilgan holda 23 sentabr kuni kechqurun Bjni qishlog‘idagi uylardan birida topilgan. «Interfaks»ning TQ matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, sobiq politsiya boshlig‘i o‘z uyida aniqlangan.
Tergovchilar voqea joyini ko‘zdan kechirib, o‘qotar qurol va gilza topdilar, deb xabar beradi ArmInfo.
Holat yuzasidan mamlakat Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi bilan ish ochildi (Tahdidlar orqali o‘z joniga qasd qilish yoki o‘z joniga qasd qilishga urinishga olib kelish).
Ayk Arutyunyan 2003-2008 yillarda Armaniston ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026