Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda energetika obektlarini loyihalash bilan yangi korxona shug‘ullanadi
O‘zbekistonda Fransiya bilan hamkorlikda «Uzenergoengineering–Assystem» qo‘shma korxonasi tashkil qilinmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur qo‘shma korxona innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik obektlarini loyihalash bilan shug‘ullanadi.
Bu haqdagi bitim 2019 yil 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Assystem Engineeringand Operation Services S.A.S.» kompaniyasi (Fransiya) vakillari bilan uchrashuvda imzolandi.
Qo‘shma korxona Fransiyaning hamkor kompaniyasi va «O‘zenergoinjiniring» AJ bilan birgalikda tashkil etiladi va u O‘zbekiston Respublikasida mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat yuritadi.
«Uzenergoengineering–Assystem» qo‘shma korxonasining faoliyati barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik obektlarini loyihalashda innovatsion texnologiyalar va zamonaviy fan yutuqlariga asoslanadi.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026