Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Barnaulida Boeing-767 keskin qo‘nishni amalga oshirdi, 49 kishi jarohat oldi
Rossiyaning Barnaul shahrida Azur air aviakompaniyasining Vetnamning Kamran shahridan uchib kelgan Boeing-767 samolyoti keskin qo‘nishni amalga oshirdi. Oqibatda 49 kishi jarohat olgan, deb xabar berdi “Interfaks” axborot agentligi.
Xronika jyestkoy posadke samoleta Boeing v Barnaule.#Barnaul pic.twitter.com/XYzh0ENFDk
— Pyatyy kanal Novosti (@5tv) September 25, 2019
Oltoy o‘lkasi transport vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida 341 kishi, jumladan ekipajning 10 a'zosi bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot shassisining o‘ng tayanchi tutagan. Samolyot sardori uchish-qo‘nish yo‘lagiga tekkach, shassi yonayotgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan. Shundan keyin dispetcher trevoga e'lon qilgan.
Hech kim og‘ir jarohat olmagan. Yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishda 7 ta tez yordam brigadasi ishtirok etgan.
Guvohlarning aytishicha, samolyot yerga tekkach, yana havoga ko‘tarilgan. Bunda uning dvigatellaridan biri yerga tekkan.
Mavzuga oid
18:33 / 17.07.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
10:42 / 17.07.2026
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40 / 17.07.2026
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49 / 17.07.2026