Botir Qudratxöjayev: «Noreal qarzdorlik bor, ammo u MIB tufayli kelib çiqmagan»
|23:40 / 27.09.201943 64410 min
Şiddatli axborot davrida yaşayapmiz. Nafaqat qaysidir şaxslar, mansabdorlar, balki butun taşkilotlar ham öz faoliyati bilan tez-tez omma e'tiboriga tuşadi, bahs-u munozaralarga sabab böladi. Ana şunday taşkilotlardan biri Majburiy ijro byurosidir. Haftaning biror kuni, oyning biror haftasi yöqki, bu byuro faoliyatiga oid xabarlar e'lon qilinmasa. Şu jihatlarni hisobga olib, byuro faoliyati bilan yaqindan tanişiş, töplanib qolgan savollarga javob oliş maqsadida MIB direktori Botir Qudratxöjayev bilan suhbatda böldik.
– Byuroga e'tirozlarning aksariyati iste'molçilardan talab qilinayotgan noreal qarzdorliklari bilan boğliq.
– Noreal qarzdorlik – asosciz qarzdorlikning kelib çiqişi Byuro organlari taşkil etilişi bilan boğliq emas. Uşbu holatlar Byuro faoliyati davrida köproq yuzaga çiqdi. Masalaga çuqurroq yondaşilsa, bunday qarzdorliklar muqaddam iste'molçi korxonalar tomonidan foydalanilgan resurslarning iste'molçilarga yillar davomida hisoblanib kelinişi oqibatida yuzaga kelgan.
Bu qarzdorlik özi qayerdan kelib çiqqani köpçilikni qiziqtiradi.
Örganişlar şuni körsatmoqdaki, ta'minotçi korxonalar tomonidan iste'molçilar töliq körikdan ötkazilmasligi, energiya resurslari va suv ta'minotining talon-toroj qilinişi, energiya resurslari va suvning iste'molçilarga yetkazib berilişidagi tabiiy yöqotişlarning iste'molçilar zimmasiga qarzdorlik sifatida qöyilişi bunga asosiy sabab bölgan.
Yana ham soddaroq qilib aytaman, birorta xonadon yoki korxona taşkilotda foydalangan tabiiy resurslar uçun tölov amalga oşirilmagan va buning evaziga qarzdorlik yuzaga kelgani haqidagi ma'lumot röyxat asosida ta'minotçi korxonalardan Byuro organlariga kelib tuşadi.
Şu ma'lumot asosida Byuroning davlat inspektorlari qarzdorning manziliga çiqadi. Maqsad esa qarzdorlikni undiriş! Iste'molçi manziliga borilganda ma'lum böladiki, u yerdagi hisoblagiçdagi körsatkiç davlat inspektori qölidagi ma'lumotdan keskin farq qiladi.
Mana şu jarayonda asosiy tafovut yuzaga keladi va Byuro xodimlariga köplab e'tirozlar böladi.
Demak, nima qiliş kerak, qanday yöl tutmoq lozim, degan savol tuğiladi.
Mavzuga oid
Bunday holatda iste'molçi davlat inspektori vaziyatni tuşuntirib, tölov haqidagi hujjatlarni taqdim etişi lozim va hududiy bölim yoki boşqarma nomiga murojaat qilişi zarur. Öz navbatida Byuro mas'ul xodimlari uşbu holatga aniqlik kiritiş uçun qayta hisob-kitobni amalga oşirib iste'molçi manzilida xatlov ötkazadi, ortiqça bölgan qarzdorlikni olib taşlab, bazaga haqqoniy qarzdorlikni kiritiş çoralarini köradi.
Byuro organlari tomonidan bu kabi salbiy holatlar oldini oliş yuzasidan 2018 yilda tasdiqlangan energiya resurslari iste'molçilarini töliq körikdan ötkaziş haqidagi Respublika miqyosidagi qöşma körsatmaga asosan, joylarda Işçi guruhlar tuzildi.
Işçi guruhlar tomonidan mahallalardagi barça xonadonlar körikdan ötkazilişi, körik jarayonida iste'molçi xonadonidagi hisoblagiç körsatgiçlari, davlat inspektori qölidagi qarzdorlik röyxatidagi qarzdorlik summasi va xonadon egasi tomonidan taqdim qilingan tölov kvitansiyalari bilan soliştiriladi, real qarzdorlik mavjud bölsa uşbu qarzdorlikni bartaraf etiş yuzasidan talabnomalar berilmoqda
Aksinça, qarzdorlik mavjud bölmasa, davlat inspektoridagi röyxatda körsatilgan summa noreal qarzdorlik deb topilib, tegişli tartibda işçi guruh a'zolari tomonidan dalolatnoma rasmiylaştirilgan va uşbu noreal qarzdorlik summasini iste'molçi hisobidan olib taşlaş çoralari körilmoqda.
Byuro organlari faoliyatini boşlagandan hozirga qadar 1 trln. 34 mlrd. sömlik noreal qarzdorlik aniqlandi va 146ta jinoyat işi qözğatildi.
Xatlov tadbirlari hozirda ham davom ettirilmoqda.
– Sönggi paytlarda yangi joriy qilinayotgan elektr hisoblagiçlar «juda köp yozib yuborayotgani» haqida fikrlar bildirilmoqda. MIB bu masalaga izoh bera oladimi?
– Davlat rahbarining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimini jadal joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori bilan joylarda iste'molçilarning elektr energiya iste'molini nazorat qiliş va hisobga olişning avtomatlaştirilgan (ASKUE) tizimiga ulaniş jarayonlari boşlandi.
Hozirda Byuro ta'minotçi korxonalar bilan respublikamizda 1 mln.278 mingdan ortiq elektr energiyasi iste'molçilariga elektron hisoblagiçlar örnatib, avtomatlaştirilgan tizimga ulanişga amaliy yordam körsatdi.
Davlatimiz rahbarining 23.11.2018 yildagi «Elektr energetikasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra, Majburiy ijro byurosi tomonidan «Özbekenergo» AJga beğaraz ravişda 500 milliard söm ajratildi.
Bu tizim inson omilidan xoli bölgani holda, iste'molçi va elektr tarmoqlari örtasidagi hisob-kitob mexanizmini yanada takomillaştiradi, iste'molçining huşyorligini yanada oşiradi, tölovlarni öz vaqtida tölaş bilan birga tarmoqdan noqonuniy ulanişlar oldini oliş kabi asosiy muammolarni bartaraf etişga xizmat qiladi.
– Yaxşi bilamizki, Majburiy ijro byurosi taşkil topişi bilan jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari, ayniqsa internet ijtimoiy tarmoqlari e'tiborida böldi. Lekin ularning aksariyati negativ xarakterda. Savol tuğiladi – nega?
– Faoliyatimiz haqida rasmiy saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumot va xabarlar yoritib borilmoqda. Biz tarqatilayotgan har bir xabar va ma'lumotni tahlil qilib, unga obektiv baho berişga harakat qilamiz.
Aksariyat hollarda, Byuro faoliyatiga doir ma'lumotlarni joylaştirişda har doim ham obektiv baho berilmayapti, yoki ayrim şaxs yoki guruhlar manfaati uçun, bir tomonlama yondaşilib, amaldagi qonunçilik talablari inobatga olinmayapti.
Misol uçun, sönggi 8 oy içida 70dan ortiq ana şunday xabarlar tarqatildi.
Har bir xabarga huquqiy baho beramiz, agar iste'molçi nohaq bölsa bu haqda tuşuntiriş beramiz, xabar obektiv yondaşilmagan bölsa, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarga rasmiy munosabatimiz yoki raddiyamizni bildiramiz.
Agar xodimning xatosi yoki aybi bölsa unga ham murosasiz munosabat bildiramiz va qat'iy çora köriladi.
Açinarlisi, tölov qobiliyati ega bölgan ayrim fuqarolar, qarzdorlikni bartaraf etiş örniga, ijtimoiy tarmoqlar orqali Byuro faoliyati haqida notöğri xabarlarni joylaştirişga harakat qiliş holatlari ham yöq emas.
Byuro faoliyatiga oid har qanday masala böyiça fuqarolarimiz uçun qisqa «1107» raqamli işonç telefoni kun-u tun işlab turibdi, har bir murojaat nazoratga olingan holda, örganib qonuniy baho beriladi, öz navbatida amaliy yordam ham körsatib muammolarni ham hal etiş böyiça çoralarni köramiz.
Bu borada, iste'molçilarni energiya resurslaridan foydalanişga oid şartnoma majburiyatlari va tölov intizomiga rioya qilişga undagan bölar edik.
Majburiy ijro byurosi faoliyatiga oid har qanday qiziqtirgan ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritiş va bu borada hamkorlik qiliş tarafdori.
Byuro xodimlari tomonidan jamoatçilik va aholi örtasida 144 978ta huquqiy tarğibot tadbirlari ötkazilgan bölsa, şundan 21 170tasi ommaviy axborot vositalarida amalga oşirildi.
Tölov intizomini mustahkamlaş orqali qarzdorlikni kamaytiriş, energiya tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, sud va boşqa organ hujjatlarining ijrosini ta'minlaş kabi vazifalarini bajariş Byuro xodimlariga oson keçmayapti.
Iş hajmining köpligi va oğir şaroitda işlaşni hohlamagan 5700dan ortiq yaqin xodimlar öz xohişi bilan işdan böşatilgan.
Birgina, ötgan 8 oy davomida Byuro xodimlariga qarşilik körsatiş bilan boğliq 90ta holat aniqlanib, aybdorlarga qonuniy çora körildi.
Bunday holatlar fuqarolarimizning Byuro xodimining harakati yoki qonuniy talabini bajariş örniga, vaziyatni öz tomoniga oğdiriş uçun qarşilik körsatişi sababli yuzaga kelmoqda.
Byuro taşkil etilgandan buyon 4 nafar xodim öz vazifasini bajariş vaqtida vafot etgan, 150dan ortiq xodimlarga turli darajada tan jarohati yetkazilgan.
– Ammo Byuroning barça xodimlarini ham halol işlayapti deb bölmaydi. Korrupsiya holatlari töğrisida xabarlar çiqib turibdi.
– Albatta, Byuro organlarida xodimlar tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya va nojöya xatti-harakatlar uçrab turibdi. Byuro öz vazifasini suiiste'mol qilib, tamagirlik va pora oliş holatlarini sodir etgan xodimlarga ham murosasiz munosabatda bölmoqda. Ötgan 8 oy davomida xodimlar tomonidan 19ta holat aniqlandi. Şu bilan birga, xodimlarning kasbiy malakasini oşiriş hamda ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaş profilaktik va tuşuntiriş işlari davom ettirilmoqda.
– Bugungi faoliyatingizdagi yirik muammo nimada deb öylaysiz?
– Byuro faoliyatida asosiy muammolardan biri energiya resurslari va suv ta'minoti sohasida undiruvlarni amalga oşirişda aholi iste'molçilar bilan boğliq bölmoqda.
Ya'ni, biz tölov qobiliyatiga ega böla turib, qarzdorlikni tölaşga kelganda paysalga soladigan, ba'zi hollarda xodimlarning harakatiga tösqinlik qiladigan ayrim iste'molçilarni nazarda tutmoqdamiz.
Şuni inobatga olib, Respublika böyiça (9019ta) 1924ta intizomsiz mahallalar röyxati şakllantirildi va Byuro tomonidan sektor rahbarlari hamda jamoatçilik bilan hamkorlikda televideniye vakillarini jalb qilgan holda profilaktik tadbirlar ötkazişga asosiy e'tibor qaratilmoqda.
Biz belgilangan vazifalarni bajariş hamda tölov intizomini mustahkamlaş orqali energetika sohasini modernizatsiyalaş, içki infratuzilma va aholining ijtimoiy himoyasini kötarişga öz hissamizni qöşişimiz zarur deb hisoblayman.