Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning Bag‘doddagi elchisi AQShning Iroqdagi harbiylariga zarba berish bilan tahdid qildi
Eronning Bag‘doddagi elchisi Eronga tahdid tug‘ilsa, AQShning Iroqdagi harbiylariga zarba berilishi mumkinligini aytdi.
"Bizda amerikaliklar bilan muammolar bor: agar ular Eronga tahdid qilishsa, ular hamma joyda xavf ostida qolishadi", - dedi elchi Iraj Masjidiy Dijla telekanaliga bergan intervyusida.
"Eronga AQSh tomonidan tahdid bo‘lsa, Eron kuch bilan javob qaytaradi. Biz himoyalanamiz", - dedi u.
U shu bilan birgalikda Eron mintaqada vaziyat keskinlashishini istamasligini ma'lum qildi.
Iroq mudofaa vazirligi rasmiy vakili Tahsin al-Xafajiy Eron diplomatining so‘zlariga izoh berdi.
"Iroq Eronga hujum qilish uchun platsdarm bo‘lmaydi, shuningdek Iroq hududidagi Amerika manfaatlariga tahdid qilinishiga ham yo‘l qo‘ymaydi", - dedi u.
Mavzuga oid
10:48
AQShning Eronga zarbalari oltinchi kecha ham davom etdi
10:15
Ahmadinajod atrofidagi shov-shuv: Isroil uni og‘dirib olmoqchi bo‘lganmi?
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026