Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston g‘arbida 17 kishi jala va suv toshqinlari qurboni bo‘ldi
Hindiston g‘arbidagi Puna shahrida kuchli jala va suv toshqinlari sababli kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda PTI agentligi xabar berdi.
Avvalroq 11 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.
So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, Maxarashtra shtatida suv toshqinlari yuz bergan hududlardan 15 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingan.
Hozirda favqulodda xizmatlar xodimlari harbiylar bilan hamkorlikda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilmoqda.
Maxarashtra bosh vaziri Davendra Fadnavis jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida farmoyish berdi. Ob-havo ma'lumotiga ko‘ra, shtat hududida jala quyishi yana bir necha kun davom etishi mumkin.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026