Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya o‘z hududidagi barcha xorijiy qo‘shinlarning mamlakatdan chiqib ketishini talab qildi
Valid Muallim
Suriya o‘z hududidan barcha xorijiy qo‘shinlar chiqib ketishini talab qiladi va qarshi choralar ko‘rish huquqiga ega. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim ma'lum qildi.
"Suriya shimolida AQSh va Turkiyaning harbiylari noqonuniy tarzda bo‘lib turibdi. Ular shu darajada surbetlikka borishdiki, muzokaralar o‘tkazishmoqda va Suriya shimolida xavfsizlik hududi deb nomlangan hudud tashkil etishmoqchi... bu xalqaro huquq va BMT xartiyasining buzilishidir", - dedi Muallim BMT Bosh assambleyasida so‘zga chiqib.
U mamlakat hududidan barcha xorijiy qo‘shinlar zudlik bilan chiqib ketishini talab qildi.
"Aks holda biz xalqaro huquqqa muvofiq har qanday qarshi chora ko‘rish huquqiga egamiz", - dedi u.
Mavzuga oid
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026