Hayit kuni osilgan Saddam Husayn. Iroq tanazzuli qanday röy bergandi?
|13:12 / 19.06.202427 96724 min
Iroqni 24 yil boşqargan Saddam Husayn avval Eronga, söng Kuvaytga uruş oçdi. 10 yil davomida yuz minglab insonlar ölimi va iqtisodiy inqirozga yetaklagan bu mojarolar taşqi kuçlardan boşqa heç kimga naf keltirmadi.
Bu ikki uruşning kelib çiqiş sabablari Iroqning hududiy da’volari, Eronning islom inqilobini eksport qilişi va albatta, neftga boy mamlakatning yana neft ilinjidagi oçközligiga borib taqaladi. Zotan, Iroqdagi neft aktivlarini milliylaştirib, aholi turmuşini yaxşilagani sabab katta obro‘ qozongan Saddam endi Eron va Kuvaytdagi neftga boy hududlarni ham egallab olmoqçi bölgandi.
1980-1988 yillarda röy bergan Eron–Iroq uruşi 1979 yilgi çegaralarga qaytiş bilan yakunlandi. Iroq tomonidan 1990 yilda bosib olingan Kuvayt esa köp ötmay xalqaro koalitsiya kuçlari tomonidan ozod etiladi, şundoğam uruşlar sabab oğir ahvoldagi Iroq iqtisodiyoti sanksiyalar ostida qoladi.
2003 yilga kelib, Iroqda ommaviy qirğin qurollari bor degan vaj bilan, AQŞ boşçiligidagi koalitsiya Iroqqa bostirib kirib, Saddam Husayn rejimini ağdardi, lekin Vaşington da’vo qilgan qurollar topilmadi, uruşdan keyingi barqarorlik va demokratiya va’dalari ham uşalmadi.
Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi bugungi sonida Yaqin Şarqdagi bugungi status-kvoning şakllanişida asosiy örin tutgan davlatlardan biri – Iroq haqida söz yuritamiz. Ekspertlarimiz – siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov, Bektoş Berdiyev va Şavkat Ikromov.
— Saddam Husaynning hukmronligi davridagi Eron-Iroq uruşi nima sababdan boşlandi?
Bektoş Berdiyev: — Buning uçun oldin 80-yillardagi Yaqin Şarqdagi vaziyatni tahlil qiliş kerak. Eronda Islom inqilobidan keyin bu inqilob butun Yaqin Şarqda tarqalişi ehtimoli bor edi. Fors körfazi arab davlatlari bu inqilob eskalatsiyasidan qörqar edi. Eron diniy rahnamosi ham arab davlatlaridagi siyosiy rejimlar Islom şariatiga töğri kelmaydi, deb aytardi. Ayniqsa, Iroqdagi Baas partiyasi faoliyati islomga zid, degan.
Öşa payt ayni hokimiyatga kelgan Saddam Husayn ba’zi holatlarda bosar-tusarini bilmay qoladigan darajada kuç-qudrati bor edi. Iroq va Eron örtasida doimiy nizolar bor edi, çunki Saddam Husayn sunniylardan, Iroqning köpçilik aholisi esa şialar. Bu esa Eronga yoqmasdi, bundan taşqari, çegaraviy muammolar, orollarga talaşişlar. Eronning janubi-ğarbida yaşovçi arablar bor, ulardan ham Saddam Husayn öz yölida foydalanişga harakat qiladi. Örtadagi nizo ma’lum ma’noda pişib yetilgan edi. Saddam Husaynga agar Eronga qarşi hujum qilsang, bemalol bosib ololasan degan maqsadli yolğon axborotlar beriladi. Bundan ilhomlangan Saddam öz kuçiga işonib, Iroq-Eron uruşi boşlanadi. U paytda inqilobdan keyin Eronni köplab harbiylar va sanoatçilar ham tark etib, krizis holatida edi, buni ham körgan Saddam.
Mavzuga oid
Ammo uruş körsatdiki, Eron u darajada zaif emas. Ikki tomonning ham qöllovçilari bor edi. Saddam Husaynga boşida barça arab monarxiyalari yordam berdi, sovet ittifoqi ham boşida ikkilanib, keyin Iroqqa yordam bera boşladi, çunki Eronda kommunistik partiya taqiqlab qöyilgandi. Eron ham yolğiz qolmagan, ba’zi ma’lumotlarga köra, AQŞ tavsiyasi bilan Isroil qurollar yetkazgan Eronga. Çunki Iroq va Isroil munosabatlari yomon edi, sababi Isroil Iroqda Fransiya qurib bergan yadro obektiga zarba beradi, Iroq ham Falastin ozodlik taşkilotini qöllay boşlagandi. AQŞ esa bu uruşda vaziyatni kuzatdi. Henri Kessinjyer bizga ikki tomonning ham ğalaba qozonmasligi muhim, degandi.
Uruşda 1 mln odamning yostiği quridi. Lekin tarixda bu uruş doim ham fojia sifatida yoritilmaydi, şunçaki statistikasi berib ketiladi. Ba’zi manbalarga köra, ikki tomon 1 trln dollar zarar körgan, bu juda katta summa, ayniqsa, hozirgi pulga çaqsa. Umuman olganda, ikki birodar xalqning fojiasi böldi bu uruş.
— 1979 yilgi Islom inqilobi bu uruşni tezlaştirdi deyiş mumkinmi?
Şavkat Ikromov: — Inqilob ta’sirini ötkazgan, albatta. Bu uruş musulmon dunyosida sunniylar va şialar örtasidagi eng katta uruş hisoblanadi. Eronlik ayrim tarixçilar bu uruş Eron uçun xato edi, deyişadi.
Inqilobdan söng «Bugun Eronda, ertaga Iroqda» degan çaqiriqlar paydo böladi. Bu narsa Iroq va Körfaz arab davlatlarini xavotirga qöyadi. Inqilobdan keyin uruş bölişi, nimadir özgariş bölişi aniq edi. U paytda Yaqin Şarqda eng kuçli armiya Iroqniki edi, öz ambitsiyalari bilan uruşga moyil ham edi. Eron bilan çegara muammosi ham mavjud edi. Iroqdagi şialarning Eron tomonidan qöllanişi, bir neçta partiyalar moliyalaştirilişi sabab Eronning Iroq içki işlariga aralaşiş darajasi kuçayib borayotgani vaziyatni keskinlaştirayotgan edi. Körfaz arab davlatlari ham Iroqni qöllaşini bildirib, Eronni töxtatuvçi yagona kuç Iroq ekaniga işontirgan edi. Inqilob davrida AQŞning 50 dan ortiq elçixona vakillari Eronda asirda qolib ketgan edi bir yilga yaqin. AQŞ şundan söng Eronga qandaydir javob berişni xohlardi va buni Iroq orqali qiliş ma’qul edi. AQŞ ikki tomonning ham ğalabasini istamagan, uruş oqibatida iqtisodi, harbiy imkoniyati pasayişidan manfaatdor edi. Manbalarga köra, AQŞ vositaçilar orqali Iroqni qöllagan.
Uruş natijasida 1 mln odam halok böldi, 150 mlrddan ortiq zarar körildi, Yaqin Şarqda vaziyat özgardi. Uruşdan keyin Yaqin Şarqqa Eron kirib kelişi boşlandi, Eron uruşda töla ğalabaga erişmagan bölsa ham, Yaqin Şarqqa kiriş uçun zamin tayyorladi öziga. Iroqdagi vaziyat önglanmadi uruşdan keyin, Kuvaytga bostirib kirdi, AQŞning sahrodagi böron operatsiyasi boşlandi, AQŞ kirib keldi, siyosiy vaziyat izdan çiqib ketdi. Natijada Eron Yaqin Şarqdagi şialarga rahnamolik qila boşladi, Livanda, Suriyada mustahkamlandi.
— Kuvayt bilan ziddiyatga ham töxtalsak.
Kamoliddin Rabbimov: — Eronning mintaqada ta’siri kuçayişining bir neçta tölqini bor. Iroq-Eron uruşi 8 yil davom etdi (1980-1988), tarixdagi eng oxirgi total uruşlardan biri böldi. Total uruş degani davlat va jamiyat qarşi tarafga zarba beriş uçun qölidan barça resurslarni işlatsa, barça safarbar qilinsa, bu total uruş böladi, xuddi jahon uruşlari, Vetnam uruşi kabi.
Saddam Husaynning yiqilişi, arab bahori kabilar Eronni mintaqada kuçaytirdi. Saudiya va Eronning ta’sir ötkaziş kuraşida Eron ta’siri kengayib boryapti. 8 yillik uruş Saddam Husaynning yiqilişiga qöşimça zamin yaratdi. Uruş ikki davlatni ham holsizlantirdi, Yaqin Şarqdagi yangi tartibotni şakllantirgan asosiy voqelik böldi.
Saddam Husayn qattiqqöl diktator sifatida atrofdagi davlatlar bilan ziddiyatga ega edi. Kuvayt va Iroq örtasida şunday masala bor ediki, Saddam Husayn Kuvayt amirlariga, siz bizning yerning tagidagi neftni ham tortib olyapsiz, buning uçun ölpon tölaşingiz kerak, degan. Şu masalalar sabab 1989 yilda Kuvaytga bostirib kiradi, amir Saudiyaga qoçib ketadi. Arab monarxiyalari AQŞ bilan birga Saddam Husaynga qarşi uruş boşlaydi. 11 sentabr voqealaridan keyin qulay vaziyat paydo böladi va Afğonistonga bostirib kiradi şu yili, keyin BMT roziligini ololmasa ham, noqonuniy ravişda Iroqqa kiradi, 2003 yilda.
Şavkat Ikromov: — Kuvayt Iroq-Eron uruşida Iroqni moliyaviy qöllovçi asosiy davlatlardan edi. Iroq tomoni bu qizlardan Kuvayt voz keçişi kerak, çunki biz butun Körfaz arab davlatlari uçun uruşdik, deydi. Bu paytga kelib Kuvayt Saudiya bilan mustaqil neft siyosatini olib borayotgan edi. Neft narxi tuşib borişi Iroq uçun katta moliyaviy zarar keltirayotgan edi. Iroq Kuvayt hududi Iroqning bir viloyati deb tarixiy da’vo bilan çiqadi. Iroqning hozirgi çegaralanişi ham sun’iy taşkil qilingan özi. Iroq Kuvaytni töliq egallaymiz, degandi. Bu narsani AQŞ va boşqa arab davlatlari töxtatib qolişi mumkin edi. Ammo Isroil Iroqning uruşga kirib holsizlanişini xohlardi. Şu sabab Isroil bu uruş sodir bölişiga harakat qildi. Natijada Iroq uruşga kirib, yana bir muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Saddam Husayn bizni uruşdan uruşga yetaklab öldirdi, degan gap ham bor iroqliklarda. 8 yil Eron bilan uruşdi, Kuvayt bilan uruşdi, keyin arab davlatlari blokada qildi uni, mamlakatda non qolmadi hatto, yetişmovçilikdan minglab odamlar öldi.
— 2003 yilgi Iroq uruşi boşlanişi uçun asosiy dalillar va sabablar nimada edi?
Bektoş Berdiyev: — Asosiy sabab geosiyosiy motivlar bölgan, lekin buni amalga oşiriş uçun bahona kerak edi. 11 sentabr voqealaridan keyin Saddam Husaynning bayonotlari özining boşiga yetdi, deyiş mumkin. Hamma tinç bölib turganda u biz bu teraktni qöllaymiz, dedi. Bu esa AQŞ uçun bahona edi, ikkinçi bahona esa Iroqda kimyoviy va biologik qurollar mavjud, katta xavf tuğdiradi deb axborot siyosati olib bordi AQŞ. Bunga ba’zi asoslar ham bor, Saddam Husayn kurdlarga nisbatan kimyoviy qurollardan foydalangani haqida ma’lumotlar bor. Lekin keyinçalik Iroq tomoni bu qurollarni yöq qilganini bir neça bor xalqaro hamjamiyatga ta’kidladi, ammo bu yetarli dalil bölmadi. Natijada AQŞ Britaniya va Italiya bilan birga BMT roziligisiz Iroqqa kirdi. Ba’zi geosiyosiy motivlarda Isroilning ham roli bor edi. Iroq atrofidagi arab davlatlarida ham duşmanlik paydo bölgandi Iroqqa nisbatan. Masalan, Eron bilan uruşda Suriya bilan munosabatlar yomonlaşib bölgandi, çunki Suriyada şialar hukmron, Iroqning kuçli bölişini ham istamas edi. Iordaniya bilan ham munosabat yaxşi emas edi, Saudiya ham qöllamay qöygandi Kuvaytga bostirib kirgani uçun. Aslida arab davlatlari uruşda Iroqqa 40 mlrd dollar yordam bergandi, ayniqsa Kuvayt uning tom ma’nodagi yaqin hamkori edi. Ammo Saddam Husayn uzoqni öylamay, öziga ortiqça baho berib, atrofidagi davlatlarni öziga duşman qilib olgandi.
AQŞ va ittifoqçilari Iroqqa kirib kelganda Rossiya uni qöllaydigan darajada emasdi, Putin endi hokimiyatga kelgan. Şu sabab bu AQŞ uçun qulay muhim davr böldi. Lekin AQŞlik ba’zi generallarning tan olişiça, bu katta tarixiy xato bölgan, biz faqat hukumatni almaştiramiz, degandik, lekin şia va sunniylar bir-biriga bunday duşman bölişi xayolimizga kelmagandi, bu iş bilan Eron ham kuçaydi, deb aytgan. Hozir ham Eronning ta’siri katta Iroq şialariga.
Şavkat Ikromov: — Jorj Buş biz Iroq xalqini özlarining zolim hukmdoridan ozod qiliş uçun kelyapmiz, degan bayonotlar bilan çiqadi. Lekin AQŞ xalqaro hamjamiyat roziligisiz bosqinçi sifatida kirdi baribir. Misli körilmagan vayronagarçilikka, uruş jinoyatlariga yöl qöydi. Umuman, Iroqni önglab bölmas holatga solib qöydi deyiş mumkin.
Birinçi uruşda arab davlatlarida yakdillik bor edi, hamma Iroqni qöllayotgan edi Eronga qarşi. Faqat Suriya va Livan pozitsiya bildirmagan. Iroq Kuvaytga bostirib kirganda arab davlatlari ikkiga bölindi: jim turganlar va Iroqqa qarşi urişayotgan davlatlar.
Bu uruşlarning barçasida Falastin masalasi ham bor edi. Iroq Isroilga qarşi oçiqdan oçiq kuraşga tayyor bölgan yagona arab davlati edi u paytda. Bir neça marta raketalar ham uçirgan Isroilga. Isroil Iroqni zaiflaştiriş uçun barça işlarni amalga oşirdi. Kuvaytga bostirib kirişida ham yahudiy lobbisining örni bölmagan deyiş qiyin. AQŞning Iroqqa bostirib kirişi ham AQŞ Kongressida kötarilgan, u yerda esa köplab yahudiy lobbisi bor. Iroq zaiflaşişi Yaqin Şarqdagi kuçlar nisbatini özgartirardi. Iroq zaiflaşsa, Falastin ozodlik taşkilotini oçiqdan oçiq qöllovçi davlat qolmasdi. Boşqa arab davlatlari esa allaqaçon Isroil-Arab uruşi degan qaraşni qöyib, Isroil-Falastin uruşi deb qarayotgan edi allaqaçon.
Eron esa şialik omili bilan Falastin orqali Yaqin Şarqqa kirib bormoqçi bölgan. Lekin töğridan töğri Falastin uçun kuraşayotgan yagona davlat Iroq edi. Şu sabab Iroqni maydondan olib taşlaş kerak edi Isroil, oxir-oqibat AQŞ kirib bordi Iroqqa. Yadro quroli, kimyoviy qurollar borligi haqidagi vajlar isbotlanmadi. AQŞ harbiy xatolik deb qança tinç aholi qirilişiga sabab böldi, natijada Iroq önglanib bölmas holatga keldi. Umuman, Yaqin Şarqdagi barqarorlik yöq böldi. 2003 yildan beri Yaqin Şarq yonmoqda.
Arablardan çiqqan 2 ta qahramon bor edi, ularning salbiy tomonlari bilan tan olişimiz kerak: biri Muhammad Kazzofiy bölsa, ikkinçisi Saddam Husayn. Ular arablar yerida arablar hukmronlik qilişi kerak, degan pozitsiyada bölişgan. Töğri, ular içkarida köplab notöğri harakatlar qildi, kurdlarga nisbatan noinsoniy harakatlar amalga oşirdi. Bir guruh odamlar biz Saddam Husayn davrida ijtimoiy, iqtisodiy yaxşi yaşadik, desa, boşqa tomon Saddam Husayn ketişi Iroq xalqiga ozodlik olib keldi, deydi. Lekin nima bölganda ham mintaqada milliy davlatçilik uçun kuraşgan ikki odam Kazzofiy va Saddam Husayn edi.
— AQŞning Iroqqa kirişida qaysi motiv birlamçi bölgan?
Şavkat Ikromov: — 90-yillardagi Oslo, Madrid tinçlik harakati jarayonlaridan xulosa qilsak, 90-yillar Falastin davlati taşkil topişiga juda yaqin kelgan. Isroildagi sionistlar bundan xavotirda edi, şu sababdan ayiş mumkinki, Falastin masalasi ustuvorroq bölgan. Ya’ni Falastin davlatçiligiga zarba beriş, Isroil pozitsiyalarini saqlab qoliş, unga real raqibni maydondan olib taşlaş uçun böldi. Neft va boşqa resurslar masalasi keyingi örinda.
— Öşa paytda dunyo tartiboti bir qutbli edimi?
Kamoliddin Rabbimov: — Sovet ittifoqi qulagaç, ayniqsa, Klinton davrida AQŞ dunyoning mutlaq qudrati edi. Rossiya endi özini önglagan, Putin AQŞga yönaliş olgan (2007 yilgaça) payt. Xitoy esa özining içki işlari bilan maşğul bölgan. AQŞga nisbatan çaqiriq taşlaydigan, e’tiroz bildiradigan birorta kuç yöq edi. 11 sentabrdan keyin Bjyejinskiy tili bilan aytganda Vaşington dunyo hukmdorlarining Ka’basiga aylangan edi. AQŞda kolassal ma’naviy resurs paydo böldi va 11 sentabrdan keyin Dik Çeyni va Jorj Buş Yaqin Şarqni qayta transformatsiya qilmoqçi edi, Iroqdan boşlanib Saudiyada tugaşi kerak edi bu.
Afğonistonga kirişi bilan toliblar tarqalib ketdi, xuddi şunday Saddam Husayn tizimi ham tezda quladi. Bundan boşida amerikaliklar ilhomlandi, lekin muammo keyin boşlandi. Ya’ni partizanlik uruşi boşlandi. 2004-2005 yildan keyin AQŞ musulmon dunyosida partizanlik uruşi nima ekanini anglab, musulmon dunyosiga bostirib kirib bölmas ekan, demokratiya olib kiriş xavfli ekan, degan xulosaga keldi.
Diktaturalarda siyosiy madaniyat diktaturaga xos böladi. Qon favvora bölib otildi, jamiyat faqat kuç işlatiş, jabru zulm tili orqali gaplaşadi. Bjyezinskiy ham Jorj Buşni qattiq tanqid qildi öşa paytda. Iroqqa kirdinglar, oxirigaça öylamadinglar, Eron esa kuçayib ketdi deb deb tanqid qilgan. Iroqning 60 foiz aholisi şialar, Iroqda demokratiya bölişi Eron ta’sirini kuçaytirib yubordi. Natijada AQŞ barça frontlardan zarba ola boşladi.
AQŞning global loyihalaridan biri neft edi baribir. Ösib kelayotgan Xitoyni tiyib turiş uçun törtta (Rossiya, Eron, Iroq, Venesuela) mustaqil neft sotuvçi davlatdan birini öziga xayrixoh qilib olmoqçi edi. Törtta davlatdan boşqalari AQŞ va Ğarb ta’siridagi davlatlar edi. Iroqning yiqilişi boşida AQŞni quvontirdi, lekin uning global qudratiga katta zarbalar olib keldi. AQŞ Afğoniston va Iroq uruş kampaniyasi uçun taxminan 2-3 trln dollar sarfladi, minglab amerikalik harbiylar qurbon böldi, lekin bu AQŞning global qudratini oşirmadi.
Obama hokimiyatga kelgaç, Qohiraga taşrifida butun musulmon dunyosiga murojaat qilib, «Afğonistonga kirişi adolatli bölgan, lekin Iroqqa kirişi katta tarixiy xato bölgan, bunga sabab yöq edi. AQŞ Yaqin Şarq bilan öralaşib qolganda Xitoy ösib ketdi, biz bor kuçimizni Xitoyga qaratişimiz kerak edi, endi Afğoniston va Iroqdan çiqib, butun kuçimizni Xitoyni örab olişga qaratamiz», dedi.
Şavkat Ikromov: — Eron Iroqda qilolmagan işini AQŞ orqali amalga oşiryapti, degan gaplarni yozadi ekspertlar. Ya’ni öşa Iroq hokimiyatni yiqitiş orzusiga erişdi Eron AQŞ sabab. Şundan söng Eron Yaqin Şarqda tinimsiz ösib bordi va Livan, Suriya, Yamanda nazoratni deyarli qölga oldi.
— Saddam Husayn davridagi Iroqning Falastin himoyaçisi rolini bugun Eron egalladi deyiş mumkinmi?
Şavkat Ikromov: — Bir jihatdan mumkin.
Bektoş Berdiyev: — Eronning asosiy maqsadi Falastin emas, uning katta strategiyasi Isroilni yöq qiliş. Falastinning asosiy aholisi sunniylar, Eron heç qaçon sunniylarni qöllaş hisobiga geosiyosiy vazifalarini amalga oşirmaydi. Şunçaki Isroilni yöq qilmoqçi Eron. Çunki mintaqada yanada katta kuç bölişiga tösiq bölyapti Isroil. U sunniy monarxiyalar bilan kelişyapti, Eronga zarba beriş uçun ba’zi sunniy davlatlar ustidan uçib ötiş uçun ruxsat olgan. Asosan uçib ötadigan davlati Saudiya hisoblanadi. Isroil allaqaçon F35 qiruvçilari bilan zarba berişi mumkin edi Eronga, lekin örtada yoqilği tugab qoliş ehtimoli katta, masofa uzoq. Şu sabab Qatar va Saudiya osmonida yoqilği quyişi kerak, buning uçun ma’lum ma’noda ruxsat ham olgandi Isroil. Buni körib turibdi Eron. Şu sabab Eronning maqsadi Falastin emas, faqat Isroilni yöq qiliş deb öylayman.
Şavkat Ikromov: — Özi bu masala bahsli. 1980-1988 yildagi uruşda Eron Isroildan qurol-yaroğ sotib olgan yaşirinça, lekin bu bugun oçiq ma’lumot. Ğazodagi konflikt böyiça Eron allaqaçon nimadir qilişi mumkin. Eron 1948 yildan beri tiyilib kelyapti. Şu birinçi marta öz hududidan turib töğridan töğri Isroilga raketa uçirdi. Qaytarilişi aniq bölgan zarba edi bu. Eron uçun Isroil emas, Falastin orqali arab davlatlariga kirib boriş muhimroq bölişi mumkin.
Göyoki Falastin arab davlatlari tomonidan yakkalatib qöyilgan, Eron esa «Hizbulloh» orqali siz bilanmiz, arablar taşlab qöyganda ham deyapti. Şu orqali arab davlatlariga birin-ketin kirib keliş emasmi? Hozir Eron va Saudiya munosabatlari ham yaxşi doimgidan. Ummon va Bahrayn bilan ham yaxşi, Yamanda deyarli özi hokimiyatda ötiribdi, Qatar bilan ham yaxşi. Öylaşimça, Eronning işi Isroil bilan emas, arab davlatlari bilan.
Kamoliddin Rabbimov: — 1980-1988 yilgi uruşda geosiyosiy vaziyat şu qadar çigal ediki, qudratli davlatlar uruşda yengilayotgan tomonga yordam berardi, AQŞ ham, SSSR ham, Isroil ham. Maqsal mintaqa musulmon davlatlarini zaiflaştiriş bölgan, AQŞ ham, SSSR ham bir neça bor pozitsiyalarini özgartirgan.
— Iroq tarixida Saddam Husayn hukmronlik yillarining örnini qanday baholaş mumkin va bu davrning kelajakka qoldirgan merosi nima?
Kamoliddin Rabbimov: — Saddam Husaynning qoldirgan merosi Iroq davlatçiligi uçun katta fojia, aslida. Dunyoda avtokratik davlatlar kam emas, lekin avtoritar bölib içki-taşqi siyosatda ehtiyotkor bölişadi, masalan, Xitoy ham, Rossiya ham avtoritar davlat. Xitoydagi ratsionalizm, ehtiyotkorlik,byurokratik madaniyat Saddam Husayn rejimidan fundamental farq qiladi. Saddam Husayn fojiasi faqat avtoritarligida emas, balki yakka hokimiyat, öta emotsional, keskin tarixiy xato qarorlar qabul qilişida böldi. Natijada Iroq davlatçiligi inqirozga yuz tutdi. Iroqning davlatçiligi eng qadimiy davlatçilik hisoblanadi.
Şavkat Ikromov: — Hozirgi Iroq davlatçiligi sun’iy bölgan, çunki aytganimizdek, davlat çegaralari Usmonlilar imperiyasi qulagaç, Britaniya tomonidan belgilangan.
Kamoliddin Rabbimov: — Heç bir xalq bitta joyda muqim yaşamaydi tarixan, tabiiy narsa bu. Lekin Saddam Husayn davrida qattiq avtoritarizm sabab Iroq davlatçiligi tarixiy fojiaga yuz tutdi. Haligaça Iroq normal davlat emas. 2015 yilda boşlangan fuqarolar uruşi elementlari hali ham bor. Şia va sunniylar, kurdlar, turkmanlar va qolgan bölinişlar, Eron va Saudiya ta’siridagi bölinişlar yuzaga kelgan va bu içki parokandalikka sabab böldi. Qattiq avtoritarizm oqibatda davlatçilikni içkaridan yemirişiga yaqqol misol Saddam Husayn hokimiyati böldi.
Saddam Husayn oilasiga ham fojia böldi bu. Uning farzandlari, nabiralari öldi. Saddam Husayn diktaturasi öz oilasi uçun ham fojia bilan tugadi.
Şavkat Ikromov: — Saddam Husayn qatli 2006 yil Qurbon hayiti kuni bölgan edi. Musulmonlar yetakçisi uçun adolatsiz qatl bölgandi bu diniy prizmadan qaralsa. Bu qatlni Iroq şialari amalga oşirgandi.
Iroqliklarning özida Saddam Husayn masalasida ikkiga böliniş bor. Bir tomon Saddam Husayn davrida juda yaxşi iqtisodiy holatda yaşadik deydi, bir tomon qiynalib yaşaganmiz, deydi. Saddam Husayndan keyin Iroq özini önglolmadi, bu — fakt. Saddam Husayn faoliyatiga qanday baho beriş kerak, Iroq xalqi uçun kim, degan masala uzil-kesil hal qilinmagan.
Eronda Iroq-Eron uruşining tugaşi sanasida bayram tadbirlari nişonlanadi, 250 dan ortiq kino olingan bu uruş haqida. Umuman, Eron tomoni bu uruşni öz tizimini, mustaqilligini saqlab qoliş uçun bölgan uruş sifatida eslaydi. Ammo Iroqda bu uruş deyarli eslanmaydi. Kuvaytga bostirib kirişni esa şarmandali kun sifatida eslaydi iroqliklar.
Umuman, iroqliklar Saddam Husayndan keyin iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikka erişmadi. Saddam Husayn yaxşi edi, yomon edi deb aynan bitta xulosa berib bölmaydi.
Bektoş Berdiyev: — Saddam Husayn oldida katta imkoniyat bor edi. Iroq 80 yillarda Yaqin Şarqning eng qudratli davlati edi. Şu qudratni iqtisodiy farovonlik, qöşnilar bilan döstona munosabatda davom ettirganda edi, bugun biz boşqaça Iroqni körayotgan bölişimiz mumkin edi. Isroil-Falastin masalasida ham boşqaça holat bölarmidi. Ammo uzoqni öylamagan qarorlar Iroqni mintaqadagi eng qudratli davlatdan fojialarga töla davlatga aylanib qoldi. Bugun yerda oçlik, kambağallik, beqarorlik, vayronagarçilik. Saddam Husaynning örni katta edi, agar u qöşnilar bilan döstona siyosat olib borganda, boşqaça Iroq davlati bölardi.
Şavkat Ikromov: — Tarix agar şunday bölsa edi degan narsani qabul qilmaydi, tarix ötib ketdi. Saddam Husayn yaşagan davri şunday davr ediki, u şunday qarorlar qilişga, atrofdagi davlatlar şunday munosabat qilişga majbur edi. Şu nuqtai nazardan qaraganda, Saddam Husaynni tuşuniş mumkin.