Fevral oyida Gallup International notijorat xalqaro taşkiloti Iroqning barça 18 viloyatida, 2024 nafar katta yoşli aholi örtasida sörov ötkazgan.
Iroqning AQŞ bosqinidan oldingi va hozirgi holati haqida söralganda, respondentlarning 60 foizi vaziyat yomonlaşgani, 40 foizi esa yaxşilanganini aytgan.
Iroqdagi köpçilik şia arablari 2003 yildan keyin siyosiy jihatdan kuçli ta’sirga ega böldi, bu esa sunniy arablar, kurdlar va boşqa ozçiliklar orasida norozilikni kuçaytirdi.
Uşbu mazhablararo böliniş sörovnoma natijalarida ham aks etgan: sunniy musulmonlarning aksariyati, taxminan 54 foizi, Saddam Husayn davrida hayot tarzi yaxşiroq edi, deb hisoblagan.

Uşbu tuşkun bahoga qaramay, taraqqiyotning ba’zi belgilari bor. Respondentlarning har uç nafardan birigina Iroqning hozirgi ahvolini yomon deya ta’riflaydi.
Gallup International öz arxiviga murojaat qilib, 2003 yildagi xuddi şu savolga berilgan javob natijalarini hozirgiga soliştirganda, deyarli har uç iroqlikdan ikki nafari öşa paytdagi vaziyatni yomon deb hisoblaganini aniqlagan.
«Vaziyat yaxşilangani yoki yomonlaşganini aytiş qiyin. Özgarişlar umid paydo qiladi va biz ötmişni unutamiz. Iqtisodiyot yaxşilangan bölişi mumkin, lekin işlab çiqariş kamaydi, xavfsizlik yomonlaşdi», degan Anbar viloyatida yaşovçi 45 yoşli erkak.
AQŞ 2003 yilda, Iroqda ommaviy qirğin qurollari borligi va Saddam Husayn rejimi tomonidan global xavfsizlikka tahdid mavjudligi da’vosi bilan Iroqqa bostirib kirgandi.
Ammo heç qanday ommaviy qirğin qurollari topilmadi. Buning örniga bu uruş yuz minglab iroqliklar ölimiga va mamlakatda uzoq davom etgan beqarorlikka olib keldi.
AQŞ hukumati öz harakatlarini oqlaşga urinişiga qaramay, köplab iroqliklar uruş boşlanişining asl sabablariga şubha bilan qaraydi.
Iroq aholisining taxminan 51 foizi AQŞ Iroqqa uning resurslarini öğirlaş uçun bostirib kirgan deya hisoblaydi.
Bu kayfiyat Anbar viloyati hamda neft va gazga boy janubi-şarqiy viloyatlarda kuçli.






















