Insoniyat 50 milliondan oşiq odamning yostiğini quritgan Ikkinçi jahon uruşidan ham yetarli xulosa çiqarmadi va keyin ham köplab uruşlarni kördi. XX asrning ikkinçi yarmida AQŞ–Vetnam, Iroq-Eron uruşlari, SSSRning Afğonistonga bostirib kirişi, 1990 yilda Iroq Kuvaytni bosib olişi ortidan kelib çiqqan uruş sodir böldi.

1992 yilda sobiq Yugoslaviya parçalanişi ortidan Bolqon yarimorolida ham uruş boşlandi va u qariyb 10 yil davom etdi.

2001 yil 11 sentabr kuni Amerikada bir neçta samolyot olib qoçildi va turli binolarga olib borib urildi. Bu AQŞning 2001 yilda Afğonistonga, 2003 yilda Iroqqa bostirib kirişiga sabab böldi.

AQŞ Iroqda xavfli bakteriologik qurollar işlab çiqarilyapti degan ayblov bilan bostirib kirgandi. Keyinçalik Iroqdan birorta ham jiddiy qurol topilmadi.

AQŞ harbiylari Boğdodda

Şundan söng Iroq uruşining taşabbuskori bölgan Kiçik Jorj Buş tanqidlar ostida qolib ketdi. Biroq bu paytda dunyo sivilizatsiyasi beşiklaridan biri bölgan Iroq vayron bölib bölgandi.

Bosqindan oldingi vaziyat

AQŞ Iroqqa bostirib kirişidan avval bu davlatni Saddam Husayn boşqarardi. Amerika siyosatçilarining azaldan bu odam bilan «özaro hisob-kitob»lari bor edi.

Gap şundaki, 1980-yillarda Iroq Eron bilan qariyb ön yil uruşadi. 1988 yilda uruş tugaydi. Biroq bu paytga kelib Iroq neftga boy bölsa-da iqtisodiy muammolarga duç kelgandi.

Ana şunday vaziyatda Iroq rahbari Saddam Husayn Kuvaytni bosib olişni reja qiladi. 1990 yil 2 avgust kuni Iroq armiyasi Kuvaytga bostirib kiradi.

Öşa paytda Kuvaytdagi barça neft konlari AQŞ kompaniyalari bilan hamkorlikda işlar, Iroqning bostirib kirişi ularning faoliyatini töxtatgandi.

Şundan söng BMT xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasi qabul qilinadi. Iroqqa öz qöşinlarini Kuvaytdan olib çiqiş talabi qöyiladi. Biroq Saddam pisand qilmaydi.

Şundan söng AQŞ boşçiligida xalqaro koalitsiya şakllantiriladi. 1991 yil 15 yanvar kuni Saddamga berilgan sönggi muddat tugaydi va xalqaro koalitsiya harbiy aviatsiyasi Iroqni bombardimon qila boşlaydi.