2003 yil iyulda Iroqqa bostirib kirgan amerikalik harbiylar Saddam Husaynning öğillari yaşiringan uyni topib boradi. Binoga avval raketa zarbasi beriladi. Şunda Saddamning ikki öğli halok böladi. Amerikaliklar uyga kirmoqçi bölganida qattiq qarşilikka duç keladi va qurbonlar beradi. Öşanda ularga qarşi Saddamning nabirasi, 14 yoşli Mustafo jang qilgandi.

Bundan 21 yil oldin, 2003 yil 20 mart kuni AQŞ harbiylari xavfli kimyoviy qurollar işlab çiqaryapti degan da’vo bilan Iroqqa bostirib kiradi.

Öşanda AQŞ harbiylarining yonida önlab davlatlar harbiylari ham bölgan. Teng bölmagan janglarda Iroq armiyasi yengiladi. Mamlakat prezidenti Saddam Husayn AQŞ harbiylari tomonidan hibsga olinadi.

Söng sud qilinib, qatl etiladi. Keyinçalik Iroqdan birorta ham jiddiy qurol topilmaydi va AQŞning ayblovlari notöğri bölgani isbotlanadi. Biroq bu paytda dunyo sivilizatsiyasi beşiklaridan biri bölgan Iroq vayronaga aylanib bölgandi.

Bosqindan oldingi vaziyat

2000 yilda AQŞda ötkazilgan saylovlarda Jorj Buşning öğli Kiçik Jorj Buş ğalaba qozongaç, u Iroq bilan munosabatlarni keskinlaştira boşladi.

Kiçik Buş öz çiqişlarida Iroqda insoniyatga xavf solişi mumkin bölgan kimyoviy qurollar işlab çiqarilayotgani, Saddam Husayn tuzumi yadro quroli yaratiş ustida işlayotgani haqida gapira boşladi.

2001 yil 11 sentabr kuni AQŞda terrorçilar bir neçta samolyotlarni olib qoçadi va turli binolarga olib borib uradi. Oqibatda Nyu Yorkdagi egizak binolar qulab tuşadi. Pentagon binosi şikastlanib, köplab insonlar halok böladi.

Şundan söng Kiçik Buş ma’muriyati hujumni «Al-Qoida» a’zolari amalga oşirganini, bu taşkilot Afğonistonda qönim topganini aytib çiqadi. Köp ötmay AQŞ armiyasi boşçiligidagi xalqaro koalitsiya qöşinlari Afğonistonga bostirib kiradi.

Ota-bola Jorj Buşlar
alamy.com

AQŞ harbiylari Afğonistonda öşa paytda mamlakatning asosiy qismini egallab olgan «Tolibon» harakati bilan jang olib borar ekan, Kiçik Buş Iroqqa ham bostirib kiriş rejasidan voz keçmagandi.

2002 yilning kuziga kelib Kiçik Buş ma’muriyati Iroqqa bostirib kiriş uçun öziga tarafdorlar yiğa boşladi. AQŞning Iroqqa bostirib kirişini öşa paytda dunyoning 50 dan oşiq davlati qöllab-quvvatlaydi (ular orasida Özbekiston ham bölgan).

Iroqqa bosqin

2003 yil 18 mart kuni Jorj Buş Saddam Husaynga ultimatum e’lon qiladi. Unga köra Saddam 48 soat içida Iroqni tark etişi kerak edi. Iroq prezidenti bu şartni pisand qilmaydi.

2003 yil 20 mart kuni AQŞ harbiylari Iroqqa bostirib kiradi. Iroqqa qarşi uruşga bir qança arab davlatlari ham qöşilgan bölib, koalitsiyaning boş ştabi Qatarda joylaşgan edi.

Uruş boşlanganidan uç hafta ötib, 9 aprel kuni Bağdod egallanadi. Iroq armiyasining sönggi bölinmalari Saddam Husayn tuğilgan Tikritda yiğilib qarşilik körsatadi. 15 aprel kuni bu şahar ham işğol qilinadi. Şundan söng Iroq armiyasi qarşilik körsatişni töxtatadi.

2003 yil 1 may kuni AQŞ prezidenti Kiçik Jorj Buş xalqaro koalitsiya kuçlari Iroqda ğalaba qozonganini e’lon qiladi.

AQŞ harbiylari Bağdod şahrida
alamy.com

Mustafo Saddamning qahramonligi

Garçi AQŞ harbiylari Iroqdagi uruşda ğalaba qozonganini e’lon qilgan bölsa-da, Saddam va uning öğillari hali topilmagandi.

Saddam Husaynning uç öğli bölgan. 1964 yilda tuğilgan Uday, 1966 yilda tuğilgan Qusay va 1980 yilda tuğilgan Ali. Ayrim ma’lumotlarga köra, Ali Saddamning öğli emas, nabirasi bölgan.

Udayning farzandi bölmagan. Qusayning Hasan, Umar va Mustafo ismli öğillari va Zaynab ismli qizi bölgan. AQŞ Iroqni bosib olar ekan, Qusayning kenja öğli, 14 yoşli Mustafo birdaniga maşhur bölib ketadi.

Gap şundaki, 2003 yil iyul oyi oxirroqlarida amerikalik harbiylar Saddam Husaynning ikki öğli va nabirasi yaşiringan uyni aniqlaşga muvaffaq böladi.

Ular Saddam Husaynning amakivaççasi bölgan Navaf al-Zaydonning Mosul şahridagi uyida edi. Keyinçalik aynan Navaf al-Zaydon amerikaliklarga uyida Saddamning öğillari yaşiringanini çaqib bergani haqida xabarlar tarqaladi.

Şundan söng Navaf al-Zaydonning uyini şturm qiliş rejasi işlab çiqiladi va 2003 yil 22 iyul kuni hujum boşlanadi.

Amerikaliklar uyni şturm qilişdan avval binoga öndan oşiq raketa zarbasi beradi. Şundan söng u yerda tirik jon qolmadi deb öylaşadi va binoga kira boşlaşadi. Bino tepasida uçayotgan jangovar vertolyotlar ularni qöllab turadi.

Şu paytda ularga qarata töxtovsiz öq uzila boşlanadi. Şu joyda bir neça nafar AQŞ askari halok böladi. Boşqalari yaralanadi.

Keyinçalik ma’lum bölişiça, raketa zarbalari berilgan paytda Qusayning öğli Mustafo tirik qolgan va amerikaliklarga öqlarni u uzgan edi.

Mustafo Saddam
photoshelter.com

Jang 6 soat davom etadi va bu vaqtda Mustafo 14 nafar amerikalik askarni öldirişga muvaffaq böladi. Yana bir qançasi yaralanadi.

Şu yerda amerikaliklar Mustafoni ham öldirişadi. Oradan 10 kun ötgaç iroqliklar Uday, Qusay va Mustafoni Saddam Husayn tuğilib ösgan Tikritning Al-Avja qişloğidagi qabristonga yaşirinça dafn etadi.

Köp ötmay jahon OAVda AQŞning New York Tims naşri amerikalik askarlar bilan 6 soat davomida jang qilgan Mustafo Saddamni “21-asrning eng qörqmas va botir öspirini” deb yozib çiqqani haqida xabar tarqaladi.

Hatto Angliyaning Guardian naşri ham bu xabarni tarqatadi. Aslida esa New York Tims naşri Mustafo Saddamning bir özi amerikalik askarlar bilan jang qilgani haqida xabar bergan, biroq uni “21-asrning eng qörqmas va botir öspirini” deb atamagandi.

Garçi Mustafo Saddamga “21-asrning eng qörqmas va botir öspirini” deb ta’rif berilgani yolğon bölsa-da, uning otasi va amakisining ölimidan söng amerikalik askarlar bilan bir neça soat jang qilib, qahramonlarça halok bölgani haqiqat.

Mustafo Saddamning bolaligi

Umumiy hisobda New York Tims naşri Mustafo Saddamning ölimi haqida uç marta xabar bergan. Har uçala xabarda ham Mustafo Saddamning amerikaliklar bilan jang qilgani haqida aytilgan. Lekin ularda 14 yoşli Mustafoga “21-asrning eng qörqmas va botir öspirini” deb ta’rif berilmagan.

Saddam Husaynning uçinçi öğli Alining keyingi taqdiri nima bölgani haqida aniq ma’lumotlar yöq. U Iroqdan qoçib ketgani va Livan yoki Suriyada boşqa nom bilan yaşayotgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgan.

Saddam Husaynning qatl etilişi

Iroq armiyasi mağlubiyatga uçragandan söng AQŞ harbiylari 2003 yil 13 dekabr kuni Saddam Husaynni Tikrit şahri yaqinidagi Ad-Daur manzilida yaşirinib yotgan joyidan topib oladi.

2005 yil 19 oktyabr kuni Saddamning sudi boşlanadi. Aynan uni jazolaş uçun Iroqda ölim jazosi qayta joriy etiladi.

Saddam Husayn sud zalida

Saddamga kurdlarni qatağon qiliş, ularga kimyoviy qurollar qöllaş, şia mazhabidagilar yaşaydigan hududlarda qatliom ötkaziş, 1990 yilda Kuvaytga bostirib kiriş va şu kabi ayblovlar qöyiladi.

U öziga qöyilayotgan ayblarning heç birini tan olmaydi. Sud Saddamni köplab jinoyatlarda aybdor deb topadi va uni ölim jazosiga hukm qiladi.

2006 yil Iroq vaqti bilan soat 6:00 da Saddamni osib öldirişga kirişiladi. Öşa kuni musulmonlarning muqaddas bayramlaridan biri Qurbon hayiti edi.

Jarayon AQŞdagi telekanallardan birida jonli körsatiladi. Bu iş dunyo musulmonlarining ğazabini keltiradi va öşa kuni dunyoning köplab şaharlarida AQŞga qarşi namoyişlar bölib ötadi.

Saddam osib öldirilgandan söng sobiq prezidentning jasadi u mansub bölgan Abu Nasr qabilasiga beriladi. U özi tuğilib ösgan Tikrit şahriga dafn etiladi.

Saddam Husaynni Hayit kuni osib öldirişgandi
wikipedia.org

Uruşdan keyingi uruş

Garçi Saddam Husayn ağdarilib, Iroq xalqaro koalitsiya qöşinlari tomonidan bosib olingan bölsa-da Iroq aholisi uzoq yillar davomida bosqinçilarga qarşi partizanlik uruşlari olib boradi.

Bu uruşlar oşkora bölmay, asosan qöporuvçilik körinişida böladi. Bunda bosqinçilarning harbiy texnikalariga minalar örnatişdan tortib, xudkuş tomonidan özini portlatib yuborişgaça bölgan işlar qilinadi.

Iroq bosib olinganidan söng koalitsiyaga qöşilgan turli davlatlar navbati bilan u yerdan öz qöşinlarini olib çiqa boşlaydi.

2011 yil 15 dekabriga kelib Barak Obama prezidentligi davrida AQŞ Iroq harbiy kampaniyasi yakunlangani haqida rasman e’lon qiladi. Amerika harbiylari uşbu mamlakatdan olib çiqiladi. 2014 yilda esa AQŞ armiyasi yana qaytadi — bu safar IŞIDga qarşi kuraş olib boriş uçun.

AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden va Iroq boş vaziri Mustafo al-Kozimiy 2021 yil yozida amerikaliklarning Iroqdagi jangovar missiyasi butunlay yakunlangani haqida e’lon qiladi.

Bayden va Iroq boş vaziri Mustafo al-Kozimiy
thejournaldaily.com

Iroqning talafotlari va uruşga qarşi namoyişlar

AQŞning Iroqqa nohaq hujum qilişi va bosib olişi ortidan mamlakat tanazzulga uçraydi. Şahar va qişloqlar misli körilmagan darajada vayron böladi. Millionlab odamlar halok böladi, qoçoqqa aylanadi.

Umumiy hisobda Iroqda halok bölganlarning aniq soni ma’lum emas. Eng konservativ baholarga köra, Amerika harbiy amaliyotining dastlabki uç yilining özida kamida 100 ming kişi qurbon bölgan. Tört milliondan ortiq iroqlik öz uylarini tark etgan.

Turli ma’lumotlarga köra 2003 yildan 2010 yilgaça Iroqning tinç aholisidan 733 mingdan 1 million 446 ming nafargaça odam halok bölgan.

Ayrim manbalar uruşda halok bölgan iroqliklar ança kam ekani, umumiy miqdorga uruş davomida boşqa sabablar bilan halok bölganlar soni ham qöşilganini bildirgan.

2003 yildan 2011 yilga qadar xalqaro koalitsiyaning 4 799 nafar harbiy xizmatçisi öldirilgan, şundan 4,4 mingdan ortiği amerikaliklar bölgan.

Iroq uruşi boşlanganidan to amerikalik harbiylar bu davlatdan batamom çiqib ketguniça dunyoning turli şaharlarida AQŞning Iroqdagi uruşiga va harbiy harakatlariga qarşi namoyişlar bölib ötadi.

Keyinçalik ma’lum bölişiça, 2003 yil 3 yanvardan 12 apreligaça AQŞning Iroqqa bostirib kirişiga qarşi dunyo böylab 3 mingdan oşiq namoyiş ötkazilgan va ularda 36 million nafar odam qatnaşgan.

Iroqning Mosul şahri amerikaliklar bostirib kirgandan söng butunlay vayron bölgan edi
sfgate.com

Bunday namoyişlar AQŞning özida ham bölib ötadi. Ayniqsa Iroq bosib olinganidan söng u yerda heç qanday jiddiy qurol topilmagaç namoyişlarning kölami kengayadi. Deyarli har kuni Oq uy oldida Kiçik Buş va uning ma’muriyatiga qarşi namoyişlar ötkaziladi.

Şuningdek, AQŞ harbiylari orasida Iroqdagi harbiy harakatlardan böyin tovlaş, qoçib ketiş hollari köpayadi. Jumladan, Iroq bosib olingandan söng 2003 yil martdan 2004 yil boşigaça uyga ta’til berilgan AQŞ harbiylaridan 1,7 ming nafari Iroqqa qaytişdan boş tortadi.

2003 yil martdan 2009 yilgaça Iroqdagi harbiy harakatlarda qatnaşgan AQŞ harbiylaridan 8 ming nafari xizmat joyidan qoçib ketadi.

Jorj Buşga otilgan tufli

2008 yil dekabr oyi örtalarida AQŞ prezidenti avvaldan e’lon qilinmagan taşrif bilan Iroqqa keladi. 14 dekabr kuni Bağdodda Buş va Iroq boş vaziri Nuriy Malikiy iştirokida matbuot anjumani ötkaziladi.

Buş va Malikiy yonma-yon turgan paytda pastda ötirgan Misrning Al-Bağdodiya telekanali muxbiri, iroqlik jurnalist Muntazar Zaydiy keskin harakat bilan örnidan turadi va oyoğidagi tuflilarini yeçib Buşga otadi.

Buş çaqqonlik bilan har ikki tufliga ham çap beradi. Muntazar tuflilarini otayotgan paytda Buşga qarab «Bu senga iroqliklardan sovğa. Sen köppaksan», deb baqiradi. Buşning qöriqçilari tezda Muntazirni uşlab, zaldan olib çiqib ketadi.

Hodisa tasvirlangan video tez orada butun dunyo telekanallarida namoyiş etiladi. Şundan söng dunyoning turli burçaklarida jurnalistning himoyasi uçun namoyişlar boşlanadi.

Şu jumladan, hodisadan ikki kun ötib, 16 dekabr kuni Bağdodda ham jurnalistni ozod etişlarini talab qilib köp ming kişilik namoyiş ötkaziladi. Hodisadan ikki kun ötib internetda «Buşga valenka uloqtir» nomli öyin paydo böladi.

2008 yil 18 dekabr kuni Zaydiyning «quroli» bölgan tuflilar Amerika maxsus kuçlari tomonidan yöq qilinadi. 2009 yil 12 mart kuni Zaydiy uç yil qamoq jazosi oladi. Öşa yili 11 sentabr kuni u «özini yaxşi tutgani uçun» qamoqdan ozod qilinadi.

Jorj Buşga tuflisini otgan Muntazar az-Zaydiy
alamy.com

Xulosa

AQŞning Iroqqa bosqini yaqin tarixdagi AQŞning Vetnamga, SSSRning Afğonistonga bostirib kirişi kabi nohaq uruşlaridan biri böldi.

Bu bosqin dunyo gegemonligiga da’vogar davlatlar Yer yuzining turli hududlarida öz ta’sir doirasini örnatiş yoki kengaytiriş uçun heç narsadan qaytmasligini körsatdi.

Katta ehtimol bilan bundan keyin ham ular özi töğri deb biladigan şu maş’um ssenariyni boşqalarga nisbatan qöllab körişdan qaytmoqçi emas.

Dunyo yirik davlatlar kuçsizroqlarining hududini bosib olib, özlariga yarim vassal hukumat tuzişga intilişidan hali-beri qutuladiganga öxşamaydi.

21-asrning uçinçi ön yilligida ham bu yovvoyilik odamlarni qiynamoqda. Yevropa markazida mustaqil Ukraina davlatiga Rossiyaning bostirib kirişi yoki Isroilning Falastin va Livanni vayron qilayotgani ham şundan dalolat beradi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi.