Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 2 kilogrammga yaqin gashishni tanasiga bog‘lab olgan shaxsni qo‘lga olishdi
Yaqinda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Andarxon” chegara bojxona postida yirik miqdordagi giyohvandlik moddasini noqonuniy olib o‘tishga urinish bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mamlakatimizga kirib kelayotgan fuqaro Y.J. belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxs badaniga 1,96 kilogramm gashish giyohvandlik vositasini bog‘lab olgani fosh bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:55 / 03.07.2026
Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi
08:25 / 02.07.2026
714 tup kannabis yetishtirilgan issiqxona aniqlandi
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
09:00 / 22.06.2026