O‘zbekiston | 20:41 / 01.10.2019
5944
2 daqiqa o‘qiladi

2 oktabr kuni «Tashkent Book Fest» xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi start oladi

Ertaga, 2 oktabr kuni "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasida Tashkent Book Fest xalqaro kitob ko‘rgazmasi start oladi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan mazkur tadbir 2-4 oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o‘zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko‘plab aksiya hamda kitob tanlovlari o‘tkaziladi. Xususan, Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkaning birinchi kunida quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:  

Bildirilishicha, xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi — turli mamlakatlarning soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba va fikr almashish, malaka oshirish uchun ajoyib maydon bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 27 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida «Tashkent Book Fest» xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan va unda Toshkent shahrining 2022 yilda «Butunjahon kitob poytaxti» nomiga erishishi uchun ariza topshirilishi xabar berilgan edi

Unda aytilishicha, mazkur ko‘rgazma ham shu yo‘lda qilinayotgan ishlardan biridir.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid