Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent 2022 yilda «Butunjahon kitob poytaxti» bo‘lishi mumkin
Toshkent shahri 2022 yilda «Butunjahon kitob poytaxti» nomiga erishish uchun ariza topshirmoqchi. Bu haqda bugun, 27 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida «Tashkent Book Fest» xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Unga ko‘ra, BMTning Ta'lim, fan va madaniyat sohasidagi tashkiloti – UNECKO tomonidan har yili jahonning turli mamlakatlarida kitob, kitobxonlik, kitob noshirchiligi va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar yig‘ib boriladi va yakunda eng yuqori natijalar e'lon qilinadi.
«Biz Toshkent shahrining 2022 yilda «Butunjahon kitob poytaxti» nomiga erishishi uchun ariza topshirmoqchimiz. 2020 yil uchun esa Malayziya ariza topshirgan.
Hozirda bu nomga erishishi uchun UNECKO tomonidan so‘ralayotgan barcha talablarni bajarish yo‘lidan bormoqdamiz.
Jumladan, shu yilning 2-4 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 1-Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi ham shu yo‘lda qilinayotgan ishlardan biridir», deya Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
07:23 / 05.11.2025
Kitob o‘qishda peshqadam 5 davlat: Amerikadan Yevropagacha
11:53 / 22.10.2025
O‘zbek yoshlari uchun katta sovg‘a: “Ming kitob” loyihasi dastlabki 27 ta kitobni taqdim etdi
20:42 / 18.10.2025
Inson emas, insoniylik o‘lganda haqiqiy jinoyat sodir bo‘ladi
14:47 / 16.10.2025