Jahon | 16:57 / 01.10.2019
3480
1 daqiqa o‘qiladi

Jakartadagi tartibsizliklar chog‘ida 200dan ortiq kishi jarohatlandi

Foto: AP Photo/Tatan Syuflana

30 sentabr kuni Indoneziya poytaxtida yuz bergan tartibsizliklar chog‘ida 200dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Jakarta gubernatori Anis Basvedanga tayanib The Jakarta Post gazetasi xabar berdi.

"210 kishi jarohatlandi, 15 kishi kasalxonaga yotqizildi", - dedi gubernator. 

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kishi to‘qnashuvlar ishtirokchilari uloqtirgan toshlardan jarohatlangan.  

Antara agentligining xabar berishicha, 30ga yaqin kishi hibsga olingan.

Jakartada talabalarning politsiya bilan to‘qnashuvlari 24 sentyabrda boshlangandi, so‘ngra Indoneziyaning boshqa hududlariga tarqaldi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid