Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Xalqaro qishloq ayollari kuni nishonlanadi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 15 oktabr sanasini “Xalqaro qishloq ayollari kuni” sifatida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifini ma'qulladi.
Hukumat agrosanoat yo‘nalishidagi tegishli tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga joriy yilning 15 oktabr kuni ushbu kunga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etishni topshirgan.
Ma'lumot uchun, ushbu bayram 2007 yilda BMT Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi 62/136-sonli rezolyutsiyasi bilan rasman tasdiqlangan. Ushbu rezolyutsiya qishloq ayollarining, jumladan tub xalqlarga mansub ayollarning muhim rolini va ularning qishloq xo‘jaligi va qishloq joylari rivojlanishini jadallashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini oshirish va qishloq joylarida nochorlikka barham berishdagi hissasini tan oladi.
Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Ushbu kunni o‘tkazish BMTning 1995 yilda Pekinda o‘tkazilgan 4-Ayollar anjumanida ilk bor taklif qilingan.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026