Qattiq maişiy çiqindi poligonlaridan foydalaniş böyiça yöriqnoma e'lon qilindi
|15:13 / 03.10.20198 6929 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qattiq maişiy çiqindi poligonlarini loyihalaştiriş va ulardan foydalaniş böyiça yöriqnomani tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Yöriqnomaga köra, qattiq maişiy çiqindi poligonlari istalgan kattalikdagi aholi punktlari uçun taşkil etilişi mumkin. Yer uçastkalaridan samarali foydalanilişini ta'minlaş va qattiq maişiy çiqindilarni taşiş xarajatlarini kamaytiriş maqsadida aholi punktlari guruhlari uçun markazlaşgan poligonlarni taşkil etiş maqsadga muvofiq.
Poligon loyiha hujjatlariga quyidagilar kiradi:
atrof muhitga ta'sir körsatiş böyiça davlat ekologik ekspertiza xulosasi va ekologik normativlar;
yer uçastkasining poligon qurilişi uçun yaroqliligi xususidagi geologiya va gidrogeologiya xulosasi;
yer uçastkasining poligon qurilişi uçun yaroqliligi xususidagi sanitariya-epidemiologik xulosasi;
poligon qurilişi uçun loyiha-smeta hujjatlari.
Poligonlar qurilişi uçun möljallangan yer uçastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegişli qarorlari asosida ajratiladi.
Poligonlar qurilişi uçun qişloq xöjaligiga möljallanmagan va örmon fondi yerlariga kirmaydigan yer uçastkalari ajratiladi.
Yer ajratiş hujjatlarini rasmiylaştiriş işlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Poligonlar şaharlar va boşqa aholi punktlarining taşqarisida joylaştiriladi.
Turar joydan poligon çegarasigaça bölgan masofa kamida 500 metrni taşkil qilişi kerak. Bunda sanitariya-muhofaza zonasining aniq ölçamlari gazsimon taşlamalarning miqdorini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Poligonlarning atrof muhitning turli obektlariga salbiy ta'siri darajasini aniqlaş va eng kam ta'sir körsatuvçi yer uçastkasini tanlaş uçun bir neça hududlarni muqobil variant sifatida körib çiqiş maqsadga muvofiq.
Poligonlarni suv obektlarining suvni muhofaza qiliş zonalari, sohil böyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalari, sifatli yer osti suvlari töplanadigan manbalar tegrasi, kurortlarni muhofaza qiliş zonalari, suvli qatlamlarning yemiriliş joylari, şuningdek, fuqarolarning ommaviy dam oliş va soğlomlaştiriş maskanlari hududiga joylaştirilişiga yöl qöyilmaydi.
Mavzuga oid
Har bir yer uçastkasining atrof muhitga potensial ta'sirini örganiş natijalariga köra eng kam ta'sir körsatadigan maydon tanlanadi.
Quyidagi omillar mavjud bölganda tanlangan yer uçastkalari atrof muhitga potensial ta'siri jihatidan poligon qurilişi uçun yaroqli hisoblanadi:
geologik şaroitlariga köra, gil yoki qum tuproqli yer uçastkalari;
yer uçastkasining geologik nuqtai nazardan barqarorligi, ya'ni unda yoriqlar mavjud emasligi;
yer uçastkasi ostida suv ötkazmaydigan qatlamning mavjudligi;
yer uçastkasi ostida 30 metrdan ortiq qalinlikdagi gil yoki oğir qum tuproqli suv ötkazmaydigan qatlamning mavjudligi;
yer uçastkasining suv havzalari va toşqin suvlar bosadigan hududlardan kamida 1000 metr uzoqda joylaşganligi;
yer osti suvlarining sathi yer yuzasidan kamida 10 metr pastda joylaşganligi, undan iste'mol qiliş va suğoriş uçun foydalanilmasligi.
Quyidagi omillar mavjud bölganda atrof muhitga potensial ta'sirini inobatga olib, tanlangan yer uçastkasida poligon qurilişiga yöl qöyilmaydi:
suv ötkazuvçi bir neça qatlamlar, masalan, oçiq şağal konlari, yoriqlar mavjudligi;
yer osti suvlariga 10 metrdan kamroq sathda joylaşganligi;
yer osti suvlaridan iste'mol va suğoriş uçun foydalanilişi;
yer osti suvlari buloqlar körinişida oqib çiqadigan, 1000 metr radiusda suv havzasi yoki suv toşadigan hududlar mavjudligi;
aeroportlarga 15 kilometrgaça yaqin joylaşganligi.
Poligonlar qurilişi uçun möljallangan yer uçastkalari kamida 15 yil foydalaniş şarti bilan tanlanadi. Uşbu maydonlar töğri törtburçak şakliga yaqin va qattiq maişiy çiqindilarni joylaştirişning maksimal balandligiga erişiş mumkin bölgan yerlardan tanlab olinadi.
Foydalaniş muddati 15 yilga möljallangan poligon uçun talab etiladigan yer maydoni hisobi jadval böyiça aniqlanadi.
Poligonlar qurilişi uçun tanlangan yer uçastkalarida Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi tomonidan geologik va gidrogeologik tadqiqotlar amalga oşiriladi.
Geologik tadqiqotlarni ötkazişda qatlamlaniş tartibi, poligonlar joylaşgan yerdagi jinslar tarkibi va qalinligi, tuproqning filtratsiya koeffitsiyenti örganiladi. Tadqiqot işlarining minimal çuqurligi 4 metr bölişi lozim. Turli jinslardan iborat tuproqli şaroitda suvga bardoşli qatlamgaça tadqiqot işlarini olib boriş hamda şu joydan boşlab 1 – 1,5 metr çuqurlikkaça tadqiqot ötkaziş zarur böladi.
Gidrogeologik tadqiqotlar natijasida yer osti suvlarining sathi va oqimi aniqlanadi. Poligonlarni yer usti (jala va qor) suvlari oqimidan himoya qiladigan balandlik zovurlarini qurişda yoğingarçilik faolligi va ularning maydonda töplanib qolişiga oid ma'lumotlar yiğiladi.
Geologik va gidrogeologik tadqiqotlar natijasida quduqlar (şurflar) joylaşişi rejasi, geologik (litogeologik) kesimlar rejasi, poligon qurilişi uçun möljallangan yer uçastkasining yaroqliligi xususida gidrogeologiya xulosasi tuziladi.
Şahar (tuman) sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tayyorlangan barça materiallarni inobatga olgan holda, tanlangan yer uçastkasining poligon qurilişi uçun yaroqliligi xususida öz xulosasini beradi.
Loyihalaştirilayotgan yoki faoliyat körsatayotgan poligonlar uçun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda atrof muhitga ta'sir körsatişning ekologik normativlari işlab çiqiladi va davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziladi.
Loyihalaştirilayotgan poligonning siğimini aniqlaşda qattiq maişiy çiqindilarning kişi boşiga umumiy yillik töplanadigan me'yori, xizmat körsatiladigan aholi soni, taşkilotlarda qattiq maişiy çiqindilarning yillik töplaniş me'yori, xizmat körsatiladigan taşkilotlar soni, poligondan foydalaniş muddati, joylaştiriladigan qattiq maişiy çiqindilarning ziçlaniş darajasi hamda poligonlarda işlatiladigan texnika va mexanizmlar hisobga olinadi.
Poligonlar quyidagi asosiy qismlardan iborat böladi:
kiriş yöli;
qattiq maişiy çiqindilarni joylaştiriş maydoni;
xöjalik hududi;
sanitariya-muhofaza zonasi.
Kiriş yöli qattiq maişiy çiqindilarni joylaştiriş maydonini magistral yöl bilan boğlaş maqsadida barpo etiladi. Kiriş yöli ikki tomonlama harakatlaniş uçun möljallangan bölişi kerak. Qiyaliklarda qattiq maişiy çiqindilar ortilgan transport vositalarining harakatlanişi uçun ruxsat beriladigan qiyalik ölçami yuqoriga 7 foiz va pastga 10 foizdan oşmasligi lozim.
Yomğir mavsumida yöllarni suv bosmasligi uçun poligonlar drenaj tizimiga ega bölişi lozim. Drenaj tizimi orqali yiğilgan suvlar hovuzlarda töplanib, qattiq maişiy çiqindilarni ziçlaşda foydalaniladi.
Iş xaritasi joylaşuvining doimiy özgarib turişi sababli, qattiq maişiy çiqindilarni doimiy yöl tizimidan iş xaritasiga yetkazadigan vaqtinçalik yöllar quriladi. Vaqtinçalik yöllar tuproq qatlamini ziçlaş usuli bilan yotqizilişi mumkin. Namlik şaroitidan kelib çiqib, ular mustahkamlaydigan materiallar – şağal, toş, maydalangan beton, quriliş qorişmasi yoki ğişt bilan qoplanişi mumkin.
Qattiq maişiy çiqindilarni 2 qavat (qatlam) balandlikda joylaştirilişida xizmat körsatilişini ta'minlaş uçun vaqtinçalik yöllar, mazkur Yöriqnomaning 2-ilovasiga sxema böyiça iş xaritalaridan 2 m balandlikda qurilişi lozim.
Quyi qavat (qatlam) – qattiq maişiy çiqindilarni qiyalik böyiça 2 m balandlikdan “tepadan pastga suriş” usuli bilan, yuqori qavat (qatlam) esa – qattiq maişiy çiqindilarni 2 m balandlikka “pastdan tepaga suriş” usuli bilan hosil qilinadi.
Qattiq maişiy çiqindilarni joylaştiriş maydoni – poligonning asosiy qismi hisoblanadi. U qattiq maişiy çiqindilarni qabul qilişning yillik hajmidan kelib çiqib, poligon maydonining 85 – 95 foizini egallaydi. Joylaştiriş maydoni 3 – 5 yil mobaynida qattiq maişiy çiqindilarni qabul qilişga möljallangan navbatlarga bölinadi.
Foydalanişning keyingi navbati töldirilgan qattiq maişiy çiqindilar hajmida poligonning sxematik kesimi böyiça loyiha belgisiga qadar amalga oşiriladi. Joylaştiriş maydonini navbatlarga bölişda joy relefi inobatga olinadi.
Jarlik yonbağrida joylaştirilgan qattiq maişiy çiqindilarni joylaştiriş maydonlari yuqorilikdan oqib kelişi mumkin bölgan yer usti suv oqimlaridan himoyalangan bölişi lozim.
Xöjalik hududi poligonlarga qabul qilinadigan qattiq maişiy çiqindilar miqdoridan qat'i nazar, 0,3 – 1,0 gektar maydonni egallaydi. Uşbu hududda poligonning ma'muriy va maişiy binolari, texnikalarni saqlaş va avtotarozi ayvoni, yoqilği-moylaş mahsulotlari va boşqa moddiy qiymatliklarni saqlaş omborlari, çiqindilarni saralaş uskunalari, suv va elektr tarmoqlari kabi boşqa inşootlari joylaştiriladi.
Sanitariya-muhofaza zonasi poligonning atrofi böylab, uning atrof muhitga va yaqin aholi punktlariga salbiy ta'sirini kamaytiriş maqsadida taşkil qilinadi.