Hindiston kompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya bozoriga kirmoqchi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Transport vazirligida Hindistonning “Delhi International Airport Limited” kompaniyasining moliyaviy direktori Sanjiv Edvard boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Navoiy aeroporti bazasida tashkil etilgan xalqaro intermodal logistika markazining samaradorligini oshirish masalasi muhokama etildi. Muhokamalar davomida Sanjiv Edvard Hindiston tomoni yuk va yo‘lovchi tashish jarayonida mamlakatimizning tranzit salohiyatidan keng foydalanish orqali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ma'lum qildi.
U, shuningdek, “DIAL” kompaniyasi Navoiy va Dehli aeroportlarini yuk tashuvlari yo‘nalishida bir-biriga bog‘lovchi tizimni yaratish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
“Men, Navoiy aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasining eng yirik quruqlik portiga aylana olishiga ishonaman. Chunki buning uchun barcha asoslar mavjud”, - dedi Sanjiv Edvard. Hindiston kompaniyasi shuningdek, aviatashuvlar bilan bog‘liq hujjatlar va jarayonlarning IT yechimlarini amaliyotga joriy etish yo‘nalishida ham hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar aviatsiya sohasida yuk va yo‘lovchi tashish yo‘nalishida alohida ishchi guruhlarini shakllantirib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olishdi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi
Jahon | 12:53
-
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 12:51
-
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46
-
Ayrim hududlarda harorat nol darajagacha pasayadi. Bog‘dorlar va dehqonlar nima qilishi kerak?
O‘zbekiston | 12:35
Mavzuga oid

09:55
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda

08:32
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

19:23 / 14.04.2025
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi

21:17 / 10.04.2025