Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura Surxondaryodagi maktabda sodir bo‘lgan suiqasd holati haqida rasmiy ma'lumot berdi
2019 yil 5 oktabr kuni soat 08:30larda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 23-umumta'lim maktabida fuqaro B.Yu. (1982 y.t., ishsiz) turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro janjallashgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, B.Yu. oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining qorin sohasiga bir marotaba urib hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan maktab direktorini ham tanasining turli qismlariga uch marotaba pichoq bilan urib, ularni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.Yu.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va protsessual tartibda ushlangan.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026