Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Trampning prokuraturaga 8 yillik soliq deklaratsiyalarini taqdim etishi to‘g‘risida hukm chiqardi
Nyu-York federal sudi AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z soliq deklaratsiyalari va boshqa moliyaviy hujjatlarni Manxetten prokuraturasiga taqdim etishi to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda New York Times xabar berdi. Trampning o‘zi AQShning amaldagi prezidenti jinoiy surishtiruvda qatnashmasligini aytib suddan bu hukmni bekor qilishni so‘radi.
Ammo sudya Viktor Marrero prezidentning bu so‘rovi konstitutsiyaga zid ekanligini aytdi. Prezidentlar, ularning oilasi va biznesi qonundan yuqori turmaydi, dedi sudya.
«Sud prezidentlik vakolatining bunchalik qat'iy va cheksiz ta'kidlanishini ma'qullay olmaydi», — deya iqtibos keltiradi Bloomberg Marreroning hukmidan.
Xabar qilinishicha, AQSh vakillar palatasining demokratlar nazorati ostidagi bir nechta qo‘mitasi ham Trampning soliq hisobotlari oshkor qilinishiga erishmoqchi. Ular AQSh prezidentining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalarini tekshirish va uning qonun buzishlarga yo‘l qo‘yganini isbotlashmoqchi.
Mavzuga oid
13:28 / 23.01.2026
Sud “Moskva” kreyseriga qilingan hujumda 20 kishi halok bo‘lganini tan oldi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
19:50 / 12.01.2026