Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador hukumati neft konlarining namoyishchilar tomonidan egallab olinishi natijasida qancha yo‘qotish bo‘lishini ma'lum qildi
Ekvadorning noroziliklar ortidan egallab olingan Petroamazonas davlat kompaniyasiga tegishli uchta neft konida ishlarning to‘xtab qolishi natijasida kunlik yo‘qotishlar 165 ming barrelni tashkil qiladi. Bu haqda mamlakat Energetika va qayta tiklanmaydigan resurslar vazirligi ma'lum qildi.
"Orelyana va Sukumbios provinsiyalarida joylashgan va Petroamazonas kompaniyasi tomonidan boshqariladigan uchta neft konida xavfsizlik sharoiti yo‘qligi sababli ish to‘liq tiklanmadi. Davlat kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, agar ish faoliyati qayta tiklanmasa, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar kuniga 165 ming barrelga yetadi”, - deyiladi xabarda.
Dushanba kuni kompaniya Petroamazona hukumatga qarshi norozilik namoyishlari paytida begona shaxslar tomonidan egallab olingan uchta konda ishlarni to‘xtatganini ma'lum qilgandi.
O‘tgan haftada Ekvador prezidenti Lenin Moreno 3 oktyabrdan boshlab dizel yonilg‘isi va benzin uchun subsidiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Shundan so‘ng narxlar 120 foizga oshib ketdi. Kasaba uyushmalari vakillari bu qarorga qarshi ekanliklarini va norozilik namoyishlari uyushtirishini bildirishdi. 3 oktabr kuni butun mamlakat bo‘ylab transport xodimlari muddatsiz ish tashlash e'lon qildi. Bundan tashqari, namoyishchilar yirik magistral yo‘llarni to‘sib qo‘yishni boshladi. Ba'zi shaharlarda mitinglar tartibsizliklarga aylandi. Moreno mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi.
Mavzuga oid
11:12 / 12.12.2025
Yevropa sudi Gurjistonni namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlikda aybdor deb topdi
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025