Yevropa inson huquqlari sudi (YeIHS) 2019 yilda Tbilisida ötkazilgan namoyişni tarqatiş çoğida sodir etilgan inson huquqlari buzilişi uçun Gurjistonni javobgar deb topdi. Payşanba, 11 dekabr kuni YeIHS jabrlanuvçilarga olti raqamli (ya’ni yuz minglab) kompensatsiya tölaş töğrisida qaror çiqardi.
Sudga 14 nafar jurnalist – namoyişni yoritgan OAV vakillari va aksiyaning 11 iştirokçisi da’vo bilan murojaat qilgan. Strasburgdagi sud xabar qilişiça, ularning aksariyati politsiya tomonidan rezina öqlar qöllanişi natijasida jarohatlangan. Boşqalar esa politsiya xodimlari tomonidan bosimga duçor bölgan.
2019 yil iyunida bölib ötgan norozilik aksiyasiga taxminan 12 ming kişi yiğilgan, töqnaşuvlar natijasida 200 dan ortiq odam — politsiya xodimlari, OAV vakillari va namoyişçilar — jarohatlangan. Tartibsizliklarga Rossiya delegatsiyasining Gurjiston parlamenti binosidagi yiğilişda iştirok etişi sabab bölgan. Davlat dumasi deputatlaridan biri parlament raisi minbaridan çiqiş qilgani köpçilik tomonidan haqorat deb qabul qilingan. Oppozitsiya Rossiyaning Gurjistonga ta’siri kuçayişidan xavotir olib, norozilikka çaqirgan.
Strasburg sudining Katta palatasi sudyalari namoyişni tarqatiş paytida «haddan taşqari va mutanosib bölmagan kuç işlatilgani, natijada da’vogarlar va boşqa şaxslar tan jarohati olgani»ni tasdiqladi. Sudyalar ta’kidlaşiça, jurnalistlar fikr bildiriş erkinligidan, namoyişçilar esa tinç yiğiliş erkinligidan mahrum etilgan.
Sudning xulosasiga köra, parlament oldidagi namoyişni tarqatişning özi huquqiy jihatdan mumkin bölgan holat deb baholanişi mumkin, biroq hukumat qöllagan usullar oqlanmaydigan darajada keskin bölgan.
Strasburg sudi şuningdek, Gurjiston hokimiyati öşa paytdagi voqealar böyiça tergovni yetarliça tez va puxta ötkazmaganini aniqladi. Qarorda qayd etilişiça, oradan beş yarim yil ötganiga qaramay, zöravonlik qöllagan davlat xizmatçilari şaxsi hamon aniqlanmagan.

















