Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Rossiyadan 2,5 milliard dollarlik qiruvchi samolyotlar sotib olishni rejalashtirmoqda
Hindiston yaqin orada o‘zining “Suxoy Su-30MKI” qiruvchi samolyotlar parkini zamonaviylashtirish hamda Rossiyadan 21 ta MiG-29 qiruvchi samolyotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Rakesh Kumar Singh Bxadauryaga tayanib The Times of India xabar berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, kelishuv summasi 2,5 milliard dollardan oshiqroqqa baholanmoqda.
Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmatining rasmiy vakili tomonlar "har ikkala loyihani muhokama qilishning ilg‘or bosqichida" ekanligini va shartnomalar "yaqin kelajakda" imzolanishini aytgan.
Hindiston gazetasiga ko‘ra, Dehli shuningdek, foydalanish vaqtida qulagan samolyotlar evaziga Moskvadan 12 ta Su-30MKI sotib olish niyatida. "Vedomosti" manbasi bu alohida loyiha ekanligini ta'kidladi.
The Times of India nashri ma'lumotlariga ko‘ra, hamkorlikning butun davri mobaynida Hindiston Rossiyadan 272 ta Su-30MKI sotib olgan.
Iyul oyida ommaviy axborot vositalari Hindiston Rossiya bilan Su-30MKIga o‘rnatish uchun “havo-havo” raketalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolaganligi haqida xabar tarqatgandi. Shartnoma summasi 15 milliard rupiy (200 million dollardan ortiq) deb baholangan.
Mavzuga oid
10:50 / 14.07.2026
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026