O‘zbekiston | 23:09 / 09.10.2019
6363
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi Rigaga jo‘nab ketdi

Qadamboy Sultonov

7 oktyabrda Toshkentdan Rigaga O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi Qadamboy Sultonov jo‘nab ketdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.   

Sultonov bungacha O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.

Badriddin Obidov

Latviyadagi elchi lavozimini 2018 yilning iyunidan dekabrigacha Badriddin Obidov egallab kelgan. U keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid