Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni yaqinida Eronga qarashli tankerda portlash yuz berdi
Qizil dengizda Saudiya Arabistonining Jidda portidan 96 km uzoqlikda Eronga qarashli tankerda portlash yuz berdi. Voqea 11 oktabr ertalab yuz bergan, deb xabar berdi Press TV telekanali.
Shundan keyin kemada yong‘in boshlangan va tankerning ikkita asosiy rezervuariga shikast yetgan. Oqibatda dengizga neft oqqan. Jabrlanganlar borligi haqida xabar qilinmagan.
Ta'kidlanishicha, tanker Eronning National Iranian Oil Company davlat korporatsiyasiga tegishli.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, texnik mutaxassislar voqea sababini o‘rganishmoqda va shu bilan birga terakt amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilishmayapti.
Mavzuga oid
09:45
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026