Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonliklar YTHga uchradi: bir kishi halok bo‘ldi, 5 nafar fuqaro jarohat oldi
Rossiya FVVning Saratov oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 12 oktyabrga o‘tar kechasi Petrovsk tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M.S. halokat joyida vafot etdi, 5 nafar hamyurtimiz jarohat bilan tuman kasalxonasiga joylashtirildi.
TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga oldi hamda marhumaning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov oblasti, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm o‘lkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qilgan: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.
Mavzuga oid
08:55
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
08:39 / 30.06.2026