Suriya kurdlari ma'lum qilişdiki, agar turk harbiylarining yurişi davom ettirilsa, ular IŞID jangarilari saqlanayotgan qamoqxonalarni qöriqlaşga e'tiborni susaytirişga majbur bölişadi.

«Suriya demokratik ittifoqi» partiyasi (SDF) boşqaruvidagi kurdlar ayni vaqtda IŞID bilan aloqadorligi uçun qölga olingan bir neça minglab kişilar tutib turilgan qamoqxonalarni nazorat qilişmoqda.

Turkiya harbiylari haftaning çorşanba kuni kurd harbiy bölinmalariga qarşi «Tinçlik buloği» nomli harbiy amaliyot boşladi va ayni vaqtda turklar Suriya şimoli-şarqida harbiy harakatlarni olib bormoqda.

Sönggi ma'lumotlarga köra, çegara hududida ikki tomonning harbiy harakatlari oqibatida kamida 50 nafar tinç aholi vakili halok bölgan.

Turkiya kurdlarni terrorizmda ayblamoqda va ularni Suriya içkarisiga surib taşlab, çegarada 30 kilometrlik «xavfsiz hudud» taşkil etişni istaşini bildirmoqda. Turkiya hukumati bu hududga hozirda Turkiya hududida istiqomat qilayotgan 3 milliondan ortiq suriyalik qoçqinlarni joylaştirişni maqsad qilgan.

BMT ma'lumotlariga köra, harbiy harakatlar tufayli 100 mingdan ortiq kişi öz uylarini taşlab ketişga majbur bölgan, bu raqamlar 450 ming nafarga yetişi ham mumkin.

100 mingdan ortiq kişi öz uylarini taşlab ketişga majbur bölişdi / AFP

Suriya şimolidagi kurd ma'muriyati ma'lum qilişiça esa, boşpanasiz qolgan kurdlar soni 200 mingga yaqinni taşkil etmoqda.

AQŞ prezidenti Donald Trampning amerikalik harbiylarni Suriya şimolidan olib ketiş haqidagi qarori Turkiya öz vaqtida Ğarb mamlakatlariga IŞIDga qarşi kuraşda asosiy ittifoqçi bölgan kurdlar ustiga yuriş qilişiga imkon yaratib berdi.

Kurdlar nima deyişmoqda?

Çegarada Turkiya harbiylariga qarşi janglar «Suriya demokratik ittifoqi» kuçlariga IŞID jangarilari qamoqxonalarini qöriqlaşga xalal bermoqda. Bu haqda taşkilot rahbarlaridan biri Redur Kselil telemurojaatida ma'lum qildi.

«Endilikda IŞID jangarilari qamoqxonalarini qöriqlaş asosiy vazifa emas. Kimni bu mahbuslarni qöriqlaş masalasi taşvişga solayotgan bölsa, kelişi va yeçim topişi kerak böladi», degan kurdlar rahbari.