Senatda YeTTB bilan hamkorlik muhokama qilindi
2019 yil 14 oktabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama etildi. Qayd etilganidek, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning joriy yil sentabr oyida Londonga tashrifi vaqtida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida qator kelishuvlarga erishildi. Ularning amalga oshirilishi O‘zbekistonda investorlarni qo‘llab-quvvatlashga va kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Tomonlar qayd qilganidek, integratsiyalashgan bozor iqtisodiyoti modeliga o‘tish, xalqaro munosabatlarni yaxshilash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va valutani tartibga solishni erkinlashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar xalqaro moliya institutlari e'tiborini mamlakatimizga jalb qiladi. YeTTB o‘tgan yili O‘zbekiston uchun yaqin besh yildagi ustuvorliklari belgilangan yangi strategiyani tasdiqladi. Strategiya xususiy sektorni mustahkamlash, yashil energetikaga ko‘maklashish va mintaqaviy hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning iqtisodiyot sohasida faoliyat olib borayotgan asosiy vazirliklari va idoralari salohiyatini mustahkamlashda YeTTBning imkoniyatlaridan foydalanishga urg‘u berildi.
Mavzuga oid
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
07:53 / 30.08.2024
YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratadi
12:22 / 28.08.2024
Sodiq Safoyev: O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar xalqaro kun tartibida e’tiborsiz qolayotganidan xavotirda
19:20 / 05.07.2024