Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya Turkiyaga qurol yetkazib berish bo‘yicha amaldagi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqadi
Italiya Turkiyaga qurol yetkazib berish bo‘yicha amaldagi shartnomalarni tekshiruvdan o‘tkazadi. Bu haqda Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiya Anqaraga qurol yetkazib berish bo‘yicha mavjud shartnomalarni to‘xtatishga tayyor.
Di Mayoning ta'kidlashicha, Italiya Turkiyaning bir tomonlama va "oqlab bo‘lmas" harakatlarini qoralaydi.
"Men amaldagi shartnomalarni tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish berdim", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 9 oktabr kuni Turkiya qurolli kuchlari kurd qurolli tuzilmalarini siqib chiqarish uchun Suriya shimoli-sharqida "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasini boshladi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026