Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen Turkiyada zavod qurish haqida qaror qabul qilishni ortga surdi
Germaniyaning Volkswagen AG kompaniyasi Turkiyada zavod qurish haqida yakuniy qaror qabul qilishni ortga surdi. Bu haqda Handelsblatt nashri xabar qildi.
"Biz katta xavotir bilan vaziyatni kuzatmoqdamiz", - degan kompaniya vakili nashrga.
Turkiya Suriya shimolida harbiy operatsiya boshlagani uchun xalqaro tanqidga uchradi va VW buning ortidan keladigan ehtimoliy xatarlardan tashvishda.
Oktabr boshida VW Turkiyaning Manisa viloyatida yiliga 300 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirib, 943 mln lir ($164 mln) kapitalga ega sho‘'ba korxonasini tashkil etgandi. Loyihaga kiritiladigan investitsiya miqdori 1,3 mlrd yevro deb baholangandi.
9 oktabr kuni Turkiya qurolli kuchlari kurd qurolli tuzilmalarini siqib chiqarish uchun Suriya shimoli-sharqida "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasini boshladi. AQSh va Yevropa davlatlari bu operatsiyaga qarshi chiqdi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026