Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda Xalqaro axborotga kirish kuni ta'sis etildi
BMT Bosh assambleyasi 28 sentyabrni Xalqaro axborotga kirish kuni sifatida ta'sis etish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda Facebook’da Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Oleg Nikolenko ma'lum qildi.
“Argentina, Kanada, Kosta-Rika, Liberiya, Serra-Leone, Ukraina. Bu 2022 yilgi jahon chempionati saralash guruhi emas, bu 28 sentyabrni Xalqaro axborotga kirish kuni deb e'lon qilish haqidagi rezolyutsiyaning asosiy hammualiflari doirasi”, deb ta'kidlab o‘tgan diplomat.
Uning ta'kidlashicha, ushbu kun barqaror rivojlanishni ta'minlash unsuri bo‘lgan axborotni tarqatish muammolariga dunyo e'tiborini qaratishga imkon beruvchi ramziy kun bo‘ladi.
Nikolenko axborotni izlash, olish va tarqatish Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasi bilan kafolatlanganini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
09:55 / 10.07.2026
Davlat axborot tizimlarida Open API tamoyili joriy etiladi
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
09:02 / 11.06.2026