Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon MIB tomonidan joriy yilda 924 milliard so‘m qarzdorlik undirilgan
16 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan 9 oylik faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan anjuman o‘tkazishdan maqsad, sohadagi yangilik va o‘zgarishlarni aholiga yetkazish, iste'molchilarning huquqiy madaniyatini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishdir”,– deydi viloyat boshqarma boshlig‘i o‘rinbsari H. Masaitov.
Brifingda 2019 yilning yanvar-sentabr oylari davomida Andijon viloyat MIB tomonidan energiya resurslari, suv iste'moli va qattiq maishiy chiqindilar sohasida 924,6 mlrd so‘m, shundan tabiiy gaz 333,7 mlrd, elektr energiyasi 552,9 mlrd, ichimlik suvi ta'minoti uchun 29,3 mlrd so‘m va maishiy chiqindilardan tozalash xizmatlari uchun 8,7 mlrd so‘m undirilgan. O‘tgan 2018 yilning 9 oyida esa bu ko‘rsatkich 650,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, joriy yilning shu davriga nisbatan 273 mlrd so‘m ko‘p undirilganligi ta'kidlab o‘tildi.

Brifingda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari vakillari soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Sarvarbek Nazarov, Andijon
Mavzuga oid
08:45 / 23.05.2026
Yer masalasidagi korrupsion tarmoq fosh bo‘ldi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
16:34 / 04.05.2026